add

E–9 vizasi ortidagi sirlar: Migratsiya agentligi Koreyaga yuboradigan xodimlarini to‘liq o‘zgartirdi

26.08.2025 | 21:204172

Migratsiya agentligi bir yildan buyon Koreyaga E–9 vizasi uchun hech qanday tanlovlar o‘tkazmaganini aytdi.

E–9 vizasi ortidagi sirlar: Migratsiya agentligi Koreyaga yuboradigan xodimlarini to‘liq o‘zgartirdi
Avvalroq, Janubiy Koreyaga ishga yuborish bahonasida yirik mablag‘larni noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirgan Migratsiya agentligi mas’ullari DXX tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingani va ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik. Agentlik holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.  Qayd etilishicha, mazkur holatdan so‘ng Migratsiya agentligi faoliyatida Janubiy Koreyaga yuborish bilan bog‘liq kadrlar, shu jumladan Seuldagi vakolatxonasida faoliyat yuritgan barcha xodimlar to‘liq o‘zgartirilgan. Unga ko‘ra, Prezidentning 2024 yil 17 oktyabrdagi PF–162-sonli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi qayta tashkil etilgandan so‘ng, bugungi kungacha Koreyaga E–9 vizasi uchun hech qanday tanlovlar o‘tkazilmagan. «Agar faoliyatimiz bilan bog‘liq shubhali holatlar yoki qoidabuzarliklarga guvoh bo‘lsangiz, Migratsiya agentligining Komplayens xizmatiga darhol, 71–202–44–11 telefon orqali yoki 12-82 qisqa raqam orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz», - deya fuqarolarni ogohlantirgan agentlik.

Teglar

Mavzuga oid