add

Endi chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar faqat onlayn amalga oshiriladi

Bugun 13:062091

2026 yil 1 yanvardan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni uyma-uy yurib undirish to‘xtatiladi.

Endi chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar faqat onlayn amalga oshiriladi

2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda maishiy chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar faqat elektron tizimlar orqali amalga oshiriladi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

To‘lovlarni qabul qilish va abonentlar hisobini yuritishni faqatgina:

— Agentlikning «Toza makon» billing tizimi;

— elektron to‘lov tizimlari;

— internet aloqasi bilan ta’minlanmagan, hudud markazidan olis masofada joylashgan aholi yashash punktlari uchun istisno tariqasida tijorat banklari kassalari, «O‘zbekiston pochtasi» AJ pochta bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 7 martdagi 1044-son Qonuniga ko‘ra, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lgan iste’molchilarga har oyning 5 sanasida SMS orqali xabarnoma yuboriladi, qarz 5 kun ichida bartaraf etilmasa, elektr uchun to‘lov qilish vaqtinchalik cheklanadi va bu qarzdorlik bartaraf etilishi bilan avtomatik tarzda yechiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 42 ta maishiy chiqindi poligoni faoliyati tugatilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Endi chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar faqat onlayn amalga oshiriladi | Vaqt.uz