Hindiston bosh vaziri «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga bordi
Bugun 19:551 daqiqa
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
© Foto: president.uzDavlat tashrifi O‘zbekistonga kelgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
An’anaga ko‘ra, oliy martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Majmua bilan qisqacha tanishuv davomida ushbu me’moriy ansamblning mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Modi oxirgi marta O‘zbekistonga 2022-yil 15–16-sentabrda Samarqanddagi SHHT sammiti doirasida kelgandi.





