add

Internetda xavfsiz xarid qilish — Octobankʼdan maslahatlar

09.06.2025 | 16:0035347

Firibgarlarning qurboni bo‘lmaslik uchun raqamli gigiyena qoidalariga rioya qilish muhim.

Internetda xavfsiz xarid qilish — Octobankʼdan maslahatlar
Octobank yo‘riqnomasida nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida ma’lumot beriladi.

Faqat ishonchli saytlardan xarid qiling

Qonuniy onlayn do‘konni qanday farqlash mumkin?
  1. Sayt manzili http emas, balki https:// bilan boshlanadi — bu himoyalangan ulanishning asosiy ko‘rsatkichidir.
  2. Saytda yuridik ma’lumotlar bo‘limi bo‘lib, unda STIR, manzil, yetkazib berish va qaytarish shartlari ko‘rsatilishi kerak.
  3. Marketpleyslarning ilovalari va saytlarida «Tekshirilgan sotuvchi» yoki «Rasmiy do‘kon» belgilariga e’tibor bering bu sotuvchi marketpleysda tekshiruvdan o‘tganini anglatadi.
O‘zbekiston talablari 2025 yil mart oyidan boshlab O‘zbekistonda mahalliy yuridik shaxsga ega bo‘lmagan xalqaro savdo platformalari taqiqlandi. Masalan, mamlakatimizda Temu platformasiga kirish 2025 yil 20 martdan boshlab cheklangan edi, ammo marketpleys yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliq hisobiga qo‘yilganidan so‘ng, unga kirish imkoni tiklandi.  

O‘z ma’lumotlaringizni himoya qiling

  1. Telegram-botlar yoki shubhali jadvallarga karta ma’lumotlarini kiritmang.
  2. Sayt manzilini tekshiring — https:// bilan boshlanishidan tashqari, sayt nomi ham xatosiz yozilgan bo‘lishi kerak. Soxta sahifalar bir harf bilan farqlanishi mumkin, masalan, «o» harfi o‘rniga «0» raqami ishlatilgan bo‘lishi mumkin: shop o‘rniga sh0p.
  3. Noyob va murakkab parollardan foydalaning.
 

Qarshingizdagi firibgar ekanligini qanday aniqlash mumkin?

  1. Haddan tashqari katta chegirmalar. Masalan, yangi iPhone uchun 70 foizlik chegirma — bu, katta ehtimol bilan, tuzoq bo‘lishi mumkin.
  2. G‘alati sayt manzillari.
  3. Shaxsiy karta yoki telefon raqamiga pul o‘tkazishingizni so‘rash.
 

Virtual kartalardan foydalaning

Asosiy karta ma’lumotlarini kiritish o‘rniga — virtual kartani rasmiylashtiring. Bu, ayniqsa muhim, agar siz:
  • tanilmagan platformada xarid qilganingizda;
  • sotuvchiga ishonch bo‘lmaganda;
  • yechib olish mumkin bo‘lgan summani cheklamoqchi bo‘lganingizda.
Misol: Octobank mijozi «Sardor» xorijiy do‘konda quloqchinlar uchun chegirmani ko‘rib qoldi. U dollarda virtual Visa kartasini ochdi, buyurtma uchun to‘lovni amalga oshirdi va asosiy kartasi ma’lumotlarini oshkor qilmadi.  

Octobank virtual kartasi qanday imkoniyatlarni beradi:

  • bankka tashrif buyurmasdan, ilovada bir necha daqiqada rasmiylashtirish;
  • so‘m va dollarda to‘lash imkoniyati (Visa, Mastercard, Humo);
  • obunalar, bronlar, kontaktsiz to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirish;
  • amal qilish muddatini 3 oydan 2 yilgacha tanlash.
 

Agar chet eldan buyurtma qilsangiz...

  1. Sotuvchini reyting va sharhlar orqali tekshiring.
  2. Kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan, imkon qadar mahalliy kurerlik xizmati orqali yetkazib berishni tanlang.
  3. Ortiqcha valyuta ayirboshlashlarsiz, dollardagi virtual kartalardan foydalaning.
  4. Ehtiyot chorasi sifatida, posilka ochish jarayonini videoga oling — bu nizoli vaziyatlarda yordam beradi.
 

Qanday xavfsiz xarid qilish mumkinligi haqida qisqacha

Onlayn xarid qilish xavfsiz bo‘lishi mumkin, agar siz quyidagi oddiy qoidalarga rioya qilsangiz:
  • odamlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri pul o‘tkazmang;
  • virtual kartalardan foydalaning, ayniqsa xorijiy saytlar uchun;
  • havolalar, sotuvchilar va sayt manzilining to‘g‘riligini tekshiring;
  • barcha operatsiyalar va yetkazib berishni qayd etib boring;
  • nazorat organlari va bankka murojaat qilishdan tortinmang.

Avvalroq Octobank «Keksalarni moliyaviy firibgarlikdan qanday himoya qilish mumkin”ligi haqida tushuntirib bergan edi. Rekama huquqi asosida.

Teglar

Mavzuga oid

Internetda xavfsiz xarid qilish — Octobankʼdan maslahatlar | Vaqt.uz