
Isroil G‘azo shahriga hujum boshladi
21.08.2025 | 10:3015084
20 avgust kuni Isroil qo‘shinlari G‘azoga kirib borib, shahar chegaralarida nazorat o‘rnatdi.

Isroil mudofaa kuchlari 20 avgust kuni G‘azo shahriga hujum boshlaganini ma’lum qildi. Armiya vakili, brigada generali Effi Defring bayonotiga ko‘ra, qo‘shinlar shahar atrofini nazorat ostiga olgan va aholi xavfsizligi uchun evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu operatsiya muddatini qisqartirishni buyurdi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning asosiy maqsadi HAMASning so‘nggi istehkomlarini yo‘q qilish va guruhni to‘liq mag‘lubiyatga uchratishdir.
Isroil hujumini Falastin hududidagi HAMAS vakillari garovdagi 10 nafar shaxsni ozod qilish va 60 kunlik otishmani to‘xtatishni taklif etgan bir paytda boshladi. Isroil bu taklifni rasman rad etmagan, ammo kelishuvga umid bog‘layotgani aytilmoqda.
Isroil Harbiy-siyosiy kabineti 8 avgust kuni shaharni nazoratga olish rejasini ma’qullagan edi. Rejaga ko‘ra, tinch aholini evakuatsiya qilish va quruqlikdagi hujumlar orqali HAMASga qarshi qat’iy kurash olib boriladi.
Ayni paytda SAHAL G‘azo sektori hududining taxminan 75 foizini nazorat qilmoqda. Qolgan qismida qochqinlar lagerlari joylashgan bo‘lib, garovga olinganlarning ko‘pchiligi ham shu yerda saqlanayotganiga ishoniladi. Shu bois Isroil bu hududlarga hujum qilishdan tiyilib turibdi.
Urush boshlangandan beri HAMAS hujumlari natijasida kamida 1200 nafar isroillik halok bo‘lgan, qariyb 200 kishi garovga olingan. G‘azo hududida esa mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 60 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azoni to‘liq egallash rejasini boshlab, zaxiradagi 60 ming harbiylar chaqirgaanligi haqida xabar bergan edik.





