add

Karmanaga yangi hokim tayinlandi

Bugun 13:253211

Shohrux Shavkatovich Boltayev Karmana tumani hokimi etib  tayinlandi.

Karmanaga yangi hokim tayinlandi

Navoiy viloyatining Karmana tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda Navoiy viloyati Karmana tuman hokimligi xabar berdi.

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ishtirokida Xalq deputatlari Karmana tumani kengashining navbatdan tashqari 15-sessiyasida Shohrux Boltayev tumanning yangi rahbari etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Karmana tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Boltayev 1988 yilda Qiziltepa tumanida tavallud topgan. 2012 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2021 yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahriga yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edik

Teglar

Mavzuga oid