add

O‘zbekiston AQSH, Shveysariya va Xitoyga telefon eksport qildi

O‘zbekiston beshta davlatga umumiy qiymati 1,3 mln dollar bo‘lgan mobil telefon eksport qilgani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston AQSH, Shveysariya va Xitoyga telefon eksport qildi

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekiston xorijga 4 117 ta mobil telefon eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu davr mobaynida mamlakatdan eksport qilingan telefonlarning hajmi qariyb 1,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston mobil telefonlarni 5 ta davlatga eksport qilgan.

Qayd etilishicha, eksportning katta qismi Birlashgan Arab Amirliklariga to‘g‘ri keldi. Mazkur mamlakatga 2 916 dona mobil telefon yuborilgan. Bu umumiy eksportning asosiy ulushini tashkil qiladi.

Ikkinchi yirik bozor Xitoy bo‘lib, unga 618 dona telefon yetkazib berilgan. Shuningdek, Afg‘onistonga 397 dona, AQSHga 144 dona, Shveysariyaga esa 42 dona mobil telefon eksport qilingan.

Avvalroq 2025 yilning 9 oyida O‘zbekistonga 370,8 mln dollarlik 3,2 mlnta mobil telefon import qilingani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston AQSH, Shveysariya va Xitoyga telefon eksport qildi | Vaqt.uz