add

O‘zbekiston asosan qaysi mahsulotlarni chetdan sotib olmoqda?

Kecha 12:258312 Daqiqa

2025 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston jami 33,1 mlrd AQSH dollarlik mahsulotlarni import qilgan.

O‘zbekiston asosan qaysi mahsulotlarni chetdan sotib olmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning import hajmi 33,1 mlrd AQSH dollariga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 15,6 foizga o‘sgan.

O‘zbekiston importi tarkibidagi eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalariga tegishli. Keyingi o‘rinlarni sanoat tovarlari hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar egallagan.

Qayd etilishicha, mashinalar va transport asbob-uskunalarining umumiy qiymati 11,2 mlrd dollarni tashkil etib, umumiy importning 33,9 foizini tashkil qilgan. Sanoat tovarlari bo‘yicha 5,3 mlrd dollarlik mahsulotlar import qilingan bo‘lib, ular 15,9 foiz ulush bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.

Kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar 4,1 mlrd dollar yoki 12,3 foiz ulush bilan ro‘yxatda keyingi o‘rinni egallagan.

Xizmatlar importi 3,6 mlrd dollarni, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar bo‘yicha import 3,1 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu segment mamlakat ichki bozoridagi asosiy iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab barqarorligini ko‘rsatadi.

Mineral yoqilg‘i va moylash materiallari 2,6 mlrd dollarlik hajmni tashkil qilgan, bu esa energetika va sanoat sektoridagi zaruratni namoyon qiladi.

Turli xil tayyor buyumlar 1,2 mlrd dollarlik, nooziq-ovqat xomashyolari 1,1 mlrd dollarlik hajmda import qilingan. Shuningdek, hayvon va o‘simlik moylari, ichimliklar va tamaki hamda boshqa tovarlar umumiy import tarkibida nisbatan kichik ulushga ega bo‘lgan.

Ma’lumotlar mamlakatda sanoatni modernizatsiya qilish, infrastrukturani yangilash va ichki bozordagi talabni qondirish maqsadida import hajmi o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident farmoni bilan turizm sohasidagi tadbirkorlar import qiladigan avtobuslardan 2027 yilgacha boj olinmasligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston asosan qaysi mahsulotlarni chetdan sotib olmoqda? | Vaqt.uz