
O‘zbekiston pasporti xalqaro reytingda yuqoriladi
«Henley & Partners» reytingiga ko‘ra, mamlakat fuqarolari fuqarolari ayni damda 61 ta davlatga vizasiz yoki o‘sha davlatga borganda viza olish orqali safar qila oladi.

O‘zbekiston pasporti xalqaro nufuzli reytinglardan biri hisoblangan «Henley & Partners» tomonidan tuzilgan jahon pasportlari indeksida o‘z pozitsiyasini yaxshiladi. Eng so‘nggi yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 199 ta davlat orasida 75-o‘ringa ko‘tarildi.
Reyting natijalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hozirda 61 ta davlatga vizasiz yoki mamlakatga yetib borganda viza olish orqali safar qilish imkoniyatiga ega. Bu ko‘rsatkich mamlakatning xalqaro ochiqlik darajasi va diplomatik aloqalari kengayib borayotgani bilan izohlanadi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston ushbu reytingda 75-o‘rinni Qirg‘iziston bilan birgalikda bo‘lishib turibdi. Ikki davlat fuqarolari uchun vizasiz yo‘nalishlar soni bir xil darajada baholangan.
Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida esa eng yuqori ko‘rsatkichni Qozog‘iston saqlab qolmoqda. Ushbu mamlakat reytingda 61-o‘rinni egallab, mintaqa yetakchisi sifatida qayd etilgan. Qozog‘iston pasporti vizasiz safar qilish imkoniyatlari bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ancha ilgarilab ketgan.
Reytingda Tojikiston 81-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Turkmaniston 87-o‘rinda qayd etildi. Bu ko‘rsatkichlar mintaqada pasport imkoniyati bo‘yicha farq sezilarli ekanini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2030 yilgacha o‘zbekistonliklar 50 ta davlatga vizasiz sayohat qilishi mumkin bo‘lishi haqida xabar bergan edik.





