add

O‘zbekiston qachon jahon o‘rtacha YAIMga yetadi?

05.09.2025 | 17:1036669

Xitoy va Janubiy Koreya qisqa vaqt ichida qashshoqlikdan iqtisodiy rivojlanishga erishdi. jahon o‘rtacha YAIM darajasiga chiqish uchun Janubiy Koreya 20 yildan ziyod, Xitoy esa 42 yil vaqt sarfladi. O‘zbekiston esa 2048 yilga kelib dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichga yetishi mumkin.

O‘zbekiston qachon jahon o‘rtacha YAIMga yetadi?
So‘nggi yarim asrda dunyoda ayrim davlatlar iqtisodiy taraqqiyotda juda katta yo‘l bosib o‘tdi. Ular orasida Janubiy Koreya va Xitoy alohida o‘rin tutadi. Ikkisi ham qashshoq va vayrona holatdan boshlab, qisqa davr ichida rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shildi. Bu tajriba O‘zbekiston kelajagi uchun ham dolzarb savol tug‘diradi: mamlakat qachon jahon o‘rtacha YAIM darajasiga yetishi mumkin?   Janubiy Koreya: «Xan daryosidagi mo‘’jiza»

Eksportga yo‘naltirilgan siyosatga o‘tish

Jahon o‘rtacha ko‘rsatkichiga yetish Yillar  Aholi jon boshiga YAIM 30 ming dollardan oshishi

Yillar 

1965

1987

22

2017

52
Aholi jon boshiga YAIM  (AQSH dollari) Aholi jon boshiga YAIM (AQSH dollari)
Jahon 

601

3475

10765

Janubiy Koreya

109

3555

31601

Manba: Yuliy Yusupov tahlili Janubiy Koreya 1950–1953 yillardagi Koreys urushida vayron bo‘lib, kishi boshiga yalpi ichki mahsulot (YAIM) Afrika qit’asidagi eng qashshoq mamlakatlarnikidan ham past edi. 1960-yillar o‘rtalarida Seul iqtisodiy siyosatini tubdan o‘zgartirdi: importni almashtirish yo‘lini tark etib, eksportga yo‘naltirilgan sanoat rivojiga e’tibor qaratdi. Davlat sanoat tarmoqlariga kreditlar, texnologiya transferi va qonuniy himoya orqali yordam berdi. Iqtisodchi Xa-Jun Channing ta’kidlashicha, Janubiy Koreya aynan davlat aralashuvi va tartibga soluvchi tarif siyosati tufayli milliy industriyalarning o‘sishiga erishdi. Natijada, mamlakatga kishi boshiga jahon o‘rtacha YAIM darajasiga chiqish uchun 22 yil vaqt kerak bo‘ldi. Keyingi 30 yil davomida esa Janubiy Koreya YAIM ko‘rsatkichini 30 ming dollardan yuqoriga olib chiqdi. 2023 yilda YAIM nominal 33 147 dollarni tashkil etdi, xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha esa 50,4 ming dollarni tashkil etdi — bu ko‘rsatkich jahon o‘rtachasi (26 ming 561 dollar)dan ikki barobar yuqori. Janubiy Koreyaning umumiy YAIM hajmi 2023 yilda 1,713 trln dollarga yetdi. Mana shu jarayon dunyo iqtisodida «Xan daryosidagi mo‘’jiza» nomi bilan tarixga kirdi.   Xitoy: Deng Siaoping islohotlari Mao Jedong davridagi «Katta sakrash» va madaniy inqilob siyosati Xitoyni qashshoqlik va ocharchilikka yetakladi. Millionlab insonlar qurbon bo‘ldi, iqtisodiy o‘sish esa deyarli to‘xtab qoldi.
Bozor islohotlariga yo‘nalish Jahon o‘rtacha ko‘rsatkichiga yetish Yillar

1979

2021

42

Aholi jon boshiga YAIM (AQSH dollari)
Jahon 

2329

12419

Xitoy

184

12887

Manba: Yuliy Yusupov tahlili Faqatgina 1978 yilda Deng Siaoping «ochiqlik va islohotlar» dasturini e’lon qildi. 1980-yillar o‘rtasiga kelib, dehqonlarga yerdan foydalanish huquqi va iqtisodiy mustaqillik berildi. Xorijiy sarmoyalar jalb etildi, eksportga yo‘naltirilgan sanoat hududlari tashkil etildi. Natijada, 1980–2010 yillar davomida Xitoy iqtisodiyoti yillik o‘rtacha 10 foizga o‘sdi. Bu jarayonda taxminan 800 mln kishi ekstremal qashshoqlikdan chiqdi — bu insoniyat tarixida eng katta kambag‘allikni qisqartirish misoli hisoblanadi. Xitoyga kishi boshiga jahon o‘rtacha YAIM darajasiga yetish uchun 42 yil vaqt kerak bo‘ldi. bugungi kunda mamlakatning umumiy YAIM hajmi 18 trln dollardan oshib, AQSHdan keyingi ikkinchi yirik iqtisodga aylandi.   O‘zbekiston jahondagi o‘rtacha YAIMga qachon yetadi? Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev O‘zbekistonning dunyoda kishi boshiga YAIM darajasiga chiqish imkoniyatini tahlil qildi. [caption id="attachment_15824" align="aligncenter" width="633"]Xolboyev info Manba: Mirkonomika[/caption] «Agar kishi boshiga daromadning so‘nggi 4 yildagi o‘rtacha o‘sishini olsak (mamlakatimizda 12,5 foiz, dunyoda 5,8 foiz), unda mamlakatimiz 2048 yilga borib yoki yana 24 yildan keyin (mustaqillikka nisbatan 57 yilda) dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan o‘tishi mumkin ekan. Albatta, bu eng optimistik ssenariy bo‘lsa kerak», — deydi Xolboyev. 1991 yilda aholi kishi boshiga daromad o‘rtacha ko‘rsatkichning 15 foizini tashkil qilgan. 2024 yilda esa bu ko‘rsatkich 23 foizga yetgan. Ya’ni 34 yilda kishi boshiga daromadimiz dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 8,3 foiz bandga yaxshilandi. Mirkomil Xolboyevning qayd etishicha, agar 4 yilda 8,3 foiz bandga yaxshilangan ko‘rsatkich keyingi 24 yilda yana 77 foiz bandga oshsa, bundan bemalol «iqtisodiy mo‘’jiza» deyish mumkin. Iqtisodchi Yuliy Yusupov esa 2017 yilda boshlangan bozor islohotlari hali yakunlanmagani, dehqonlar hanuz qaramlik holatida qolyotgani sabab iqtisodiy ahvolning qachon yaxshilanishi mavhumligicha qolayotganini ta’kidlamoqda. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda YAIM 2025 yilning 6 oyida 7,2 foizga o‘sib, 807,9 trln so‘mga yetdi. Ammo bu o‘sish tezligi Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan. Mahliyo Hamidova tayyorladi          

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston qachon jahon o‘rtacha YAIMga yetadi? | Vaqt.uz