Logo

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilishi mumkin

Ikki davlat fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartib taklif etilmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida haftasiga 14 ta reys amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilishi mumkin © president.uz

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida 30 kunlik vizasiz tartib joriy etilishi mumkin. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining muzokaralari yakunlari bo‘yicha ma’lum qilindi.

30-avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi muzokara o‘tkazdi. Keyinchalik davlat rahbarlari OAV vakillari bilan uchrashib, uchrashuv yakunlari haqida fikr bildirdi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ta’kidlashicha, 30 kunlik vizasiz tartibning joriy etilishi ikki davlat fuqarolarining o‘zaro qatnovlarini yanada faollashtirishi mumkin. Hozirda O‘zbekiston fuqarolari Hindistonga kirish uchun elektron viza olishi kerak.

Turizmda yangi bosqich

Tomonlar turizm sohasida ham aloqalarni kengaytirishga kelishdi. Ayni paytda ikki mamlakat o‘rtasida haftasiga 14-marta havo qatnovlari amalga oshirilmoqda. 30 kunlik vizasiz rejim bilan birga bu yo‘nalish sayyohlik almashinuvini oshirishi kutilmoqda.

Muzokaralar yakunida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi hamkorlik dasturi ham imzolandi.

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi ushbu hujjat sayyohlik almashinuvini kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishini bildirdi.

O‘zbekistonda Hindistonning 4 ta oliygohi faoliyat yuritmoqda. Lal Bahodur Shastri va Mahatma Gandi nomidagi markazlar ham ishlamoqda.

Mirziyoyev Hindistonni jahon miqyosida katta obro‘ va nufuzga ega ishonchli strategik sherik sifatida baholadi. Tashrif yakunida Qo‘shma bayonot va qator hukumatlararo bitimlar imzolandi, munosabatlar keng qamrovli strategik sheriklik bosqichiga ko‘tarilgani qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid