add

O‘zbekistonda 4 yil ichida talabalar soni 2,2 barobarga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinganlar orasida qizlarning ulushi yigitlarnikidan ko‘pligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda 4 yil ichida talabalar soni 2,2 barobarga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2024/2025 o‘quv yilida mamlakat bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga 381,7 ming talaba qabul qilingan. Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yilidagidan 2,2 barobarga ortgan.

Qayd etilishicha, qabul qilingan talabalarning 196,7 ming nafari qiz bolalar, 185 ming nafari esa o‘g‘il bolalarni tashkil etadi.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p — 155,2 ming nafar talaba Toshkent shahrida qabul qilingan. Keyingi qatorlarda Toshkent (22,7 ming), Buxoro (31,5 ming), Samarqand (21,2 ming) va Qashqadaryo (28,8 ming) viloyatlari bor.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 20,7 ming, Namanganda 16,1 ming, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 16,8 mingdan, Andijonda 12,5 ming, Navoiyda 9,2 ming, Jizzaxda 6,3 ming va Sirdaryoda 5,3 ming talaba qabul qilingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 18,6 mingni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning 9 oyida talabalarga uyini ijaraga bergan fuqarolar 44 milliard so‘m soliq imtiyozidan foydalangani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 4 yil ichida talabalar soni 2,2 barobarga oshdi | Vaqt.uz