O‘zbekistonda 9 oyda oliygohlarda 5,1 mingta yangi talaba o‘rni yaratildi
Mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarida qo‘shimcha o‘rinlar tashkil etilib, hududlar bo‘yicha eng ko‘p yangi talaba o‘rinlari Namangan va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
© Ijtimoiy tarmoqlarMilliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar—sentabr oylarida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida 5 100 ta yangi talaba o‘rinlari foydalanishga topshirildi.
Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng katta ulush Namangan viloyatida qayd etilib, bu yerda 2 000 ta yangi talaba o‘rni yaratildi.
Shuningdek, Andijon viloyatida 1 800 ta, Samarqand viloyatida esa 1 000 ta o‘rin foydalanishga topshirildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 300 ta qo‘shimcha o‘rin tashkil etilgani ma’lum qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilida mamlakat bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga 381,7 ming talaba qabul qilingan. Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yilidagidan 2,2 barobarga ortgan.





