add

O‘zbekistonda bank kartalaridan kimlar ko‘proq foydalanadi?

Bugun 10:151501 daqiqa

Markaziy bank tahliliga ko‘ra, O‘zbekistonda bank kartasiga ega ayollar ko‘p bo‘lishiga qaramay, kartalar soni bo‘yicha erkaklar yetakchilik qiladi.

O‘zbekistonda bank kartalaridan kimlar ko‘proq foydalanadi?

O‘zbekiston Markaziy banki ilk bor bank kartalari bozoriga oid keng qamrovli tahlilni e’lon qildi. Jami 298 turdagi bank kartalari tahlil qilingan. Ularning 287 tasi debet kartalari, 11 tasi esa kredit kartalari hisoblanadi. Bozorda 35 ta tijorat banki o‘z kartalari bilan ishtirok etmoqda.

Tahlilga muvofiq, bank kartasiga ega bo‘lgan fuqarolarning 51 foizini ayollar, 49 foizini esa erkaklar tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich ayollarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasi barqaror oshib borayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, bank kartalarining umumiy soni gender kesimida boshqacha manzarani aks ettiradi. Amaldagi kartalarning 55 foizi erkaklar hissasiga to‘g‘ri keladi, ayollar ulushi esa 45 foizni tashkil qiladi. Bu esa erkaklar o‘rtasida bir nafar mijozga to‘g‘ri keladigan kartalar soni yuqoriroq ekanini anglatadi.

Mutaxassislar bu holatni ish faoliyati, tadbirkorlik va xizmat safari bilan bog‘liq moliyaviy ehtiyojlar ortishi bilan izohlamoqda. Erkaklar ko‘proq debet va qo‘shimcha hisob-kitob kartalarini ochishi, shu orqali to‘lov vositalaridan faolroq foydalanishi qayd etilgan.

Avvalroq bank faoliyati «sirli mijoz» orqali baholanishi haqida ma’lumot bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid