add

O‘zbekistonda elektromobillar soni 86 mingdan oshdi

Kecha 09:562481 daqiqa

Mamlakatda ekologik transport vositalari ortib bormoqda. Eng ko‘p elektromobillar Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonda elektromobillar soni 86 mingdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil 1-oktabr holatida O‘zbekistonda 86,1 mingta elektromobil rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Bu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda mamlakatda elektr transportiga talab ortayotganini ko‘rsatadi.

Eng ko‘p elektromobillar – 64 779 dona bilan Toshkent shahrida qayd etilgan. Bu mamlakat bo‘yicha umumiy ulushning asosiy qismiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, hududlar bo‘yicha Toshkent viloyati 6 355 ta elektromobil bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Samarqandda 2 851 ta, Xorazmda 1 928 ta va Qashqadaryo viloyatida esa 1 876 ta elektr transporti qayd etilgani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, Farg‘onada 1 624 ta, Buxoroda 1 439 ta, Andijonda 1 126 ta, Navoiyda 1 250 ta elektromobil ro‘yxatga olingan. Shu bilan birga, Namangan viloyati 952 ta, Sirdaryo 597 ta, Qoraqalpog‘iston 699 ta, Jizzax esa 376 ta ko‘rsatkich bilan qayd etildi. Surxondaryo viloyati eng past ko‘rsatkichga ega — 212 ta elektromobil mavjud.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning 9 oyida O‘zbekistonga jami 473 mln dollarlik 40 345 dona elektromobil import qilingan.

Teglar

Mavzuga oid