Logo

O‘zbekistonning Hindiston bilan savdosi so‘nggi 9 yilda 4 barobarga o‘sdi

2016–2025-yillarda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 1,3 mlrd dollarga yetdi. Investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshgan.

O‘zbekistonning Hindiston bilan savdosi so‘nggi 9 yilda 4 barobarga o‘sdi © president.uz

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, 2016–2025-yillarda O‘zbekistonning Hindiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 4 barobarga oshib, 1,3 mlrd dollarga yetgan.

Hisobot davrida O‘zbekistonning Hindistonga eksporti 4,9 barobarga o‘sgan. Eksport hajmi 2025-yil yakuniga ko‘ra 164,8 mln dollarni tashkil qilgan.

Hindistondan O‘zbekistonga import esa 4 barobarga ko‘payib, 1,1 mlrd dollarga yetgan. Bu ikki davlat o‘rtasidagi savdoda import ulushi yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Investitsiyalar ham oshdi

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 2016–2025-yillarda Hindistondan O‘zbekistonga kiritilgan jami investitsiyalar hajmi 587 mln dollardan oshgan.

Investitsiyalar o‘sishi ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik faqat tovar ayirboshlash bilan cheklanib qolmayotganini ko‘rsatadi. Hind kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ham yillar davomida ko‘paygan.

Ayni paytda O‘zbekistonda Hindiston kapitali ishtirokidagi 439 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning faoliyati ikki davlat o‘rtasidagi biznes aloqalarining kengayib borayotganini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 29-30-avgust kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Toshkentda bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid