add

Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

18.07.2025 | 10:001312

Andijonlik fuqaro Qirg‘iziston orqali umumiy qiymati 5,2 milliard so‘mga teng bo‘lgan tilla zargarlarni yashirincha O‘zbekistonga olib kirishga uringan paytda qo‘lga tushdi. U Turkiyada ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarni 400 dollar evaziga Qirg‘iziston orqali O‘zbekistonga olib kirishi kerak bo‘lgan.

Qirg‘izistondan 5,2 mlrd so‘mlik tilla buyumlarini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1992 yilda tug‘ilgan, Andijon shahrida yashovchi fuqaro «Vodil avto» chegara bojxona posti orqali Farg‘ona hududiga o‘tayotgan vaqtda to‘xtatilib, tekshiruvdan o‘tkazilgan. Uning kiyimi ostiga yashirilgan 859 dona zargarlik buyumi va bir dona qo‘l soati topilgan. Tegishli ekspertiza xulosalariga ko‘ra, buyumlar kimyoviy tarkibi oltindan iborat bo‘lib, ularning umumiy sof og‘irligi 4 kg 155 grammni tashkil qilgan. Ushbu zargarlik buyumlarining bahosi 5 mlrd 213 mln so‘mga teng ekani bildirilgan. Tergov davomida ma’lum bo‘lishicha, Turkiyadan Qirg‘izistonga olib kelingan bu buyumlar Farg‘ona va Andijonda yashovchi taxminan 10 nafar savdogarga tegishli bo‘lib, ushbu shaxs 400 AQSH dollari haq evaziga ularni O‘zbekistonga olib o‘tib berishga kelishgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi «a» bandi (qimmatbaho metallarni noqonuniy olib kirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida buyumlarning asl egalari aniqlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid