add

Ro‘yxatdan o‘tkazishdan sug‘urtagacha: avtomobil xarajatlari qanchaga tushadi?

08.08.2025 | 19:2022125

Avtomobillar ro‘yxatdan o‘tkazish ham rasman qimmatlashdi. Xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar va notarius xarajatlari jami qariyb 6 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tkazishdan sug‘urtagacha: avtomobil xarajatlari qanchaga tushadi?
O‘zbekistonda 1 avgustdan bazaviy hisoblash miqdori 375 ming so‘mdan 412 ming so‘mgacha oshdi. Shu sababli, jarimalar va yig‘imlardan tashqari, avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish miqdori ham oshdi.   Nimalarga to‘lov qilish kerak? Avtomashinani ro‘yxatdan o‘tkazish davomida YHXBga xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar amalga oshirish zarur:
  • Ro‘yxatdan o‘tkazish — BHMning 6,84 barobari, elektromobil, motolar, tirkamalar uchun — 1,5 barobar;
  • Davlat raqami — BHMning 3,5 barobari;
  • Qayd etish guvohnomasi (texpasport) — BHMning 0,7 barobari;
  • Texnik ko‘rik — BHMning 0,1 barobari.
  Jadval orqali eski va yangi miqdorni solishtirishingiz mumkin:

To‘lov turi

Avval

 Hozir

Ro‘yxatdan o‘tkazish   2 mln 565 ming so‘m 2 mln 818 ming so‘m
Elektromobil, moto, tirkama 562 ming so‘m 618 ming so‘m
Davlat raqami 1 mln 310 ming so‘m 1 mln 442 ming so‘m
Qayd etish guvohnomasi 262 ming 500 so‘m 288 ming 400 so‘m
Texnik ko‘rik 37 ming 500 so‘m 41 ming 200 so‘m
  Notarius xarajatlari qancha?

To‘lov turi

Hisoblash asosi

Summa (so‘m)

1

Notarial to‘lov

BHMning 3 baravari

1 mln 236 ming so‘m

2

Davlat boji

BHMning 10 foizi

41 ming 200 so‘m

3

Cheklovlarni tekshirish

BHMning 15 foizi

61 ming 200 so‘m

4

Konsultatsiya xizmati

BHMning 5 foizi

20 ming 600 so‘m

5

Shartnoma loyihasini tayyorlash

BHMning 10 foizi

41 ming 200 so‘m

Jami notariusda to‘lov 1 mln 400 ming so‘mga tushadi. Shunday qilib, 1 avgustdan boshlab mashinani ro‘yxatdan o‘tkazish 4 mln 896 ming so‘mga emas, 5 mln 929 ming so‘mga tushadi (narx oshishi 21 foiz).   Avtomobilga ishonchnoma olish narxi qancha? Ishonchnoma berishda esa kimga rasmiylashtirilayotganiga qarab to‘lov miqdori farq qiladi. Yaqin qarindoshlarga berilgan ishonchnomalar ancha arzon, boshqa shaxslarga esa qimmatroq tushadi.  

Kategoriya Hisoblash asosi

Summa (so‘m)

1

Yaqin qarindoshlarga (boshqarish va tasarruf)

    BHMning 0,5 baravari

206 ming so‘m

2

    Boshqa shaxslarga (boshqarish va tasarruf)

BHMning 3 baravari

    1 mln 236 ming so‘m

3

Yaqin qarindoshlarga (faqat tasarruf)

BHMning 25 foizi

103 ming so‘m

4

Boshqa shaxslarga (faqat tasarruf)

BHMning 50 foizi

206 ming so‘m

Eng muhimi, mashinani olgan kundan boshlab 10 kun ichida rasmiylashtirishni unutmaslik kerak. Aks holda jarima solinishi mumkin. Bundan tashqari, 2026 yildan majburiy avtosug‘urta narxlari ham 4 barobarga oshishi kutilmoqda. Xususan, viloyatlarda yengil avtomobillar uchun polis narxi 40 ming so‘mdan 160 ming so‘mgacha ko‘tariladi. Toshkent shahri va viloyatida esa 56 ming so‘mdan 192 ming so‘mga yetadi Mahliyo Hamidova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid