add

Senat xavfli pirotexnika buyumlarini muomaladan chiqarish haqidagi qonunni ma’qulladi

Yangi qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda pirotexnika buyumlari xavflik darajasiga ko‘ra besh toifaga ajratiladi. Faqat xavfsizligi yuqori bo‘lgan I toifadagi buyumlar — bengal mayoqchalari, stol fontanlari va xlopushkalar erkin muomalada bo‘ladi, qolgan barcha pirotexnika vositalari fuqarolar uchun taqiqlanadi.

Senat xavfli pirotexnika buyumlarini muomaladan chiqarish haqidagi qonunni ma’qulladi

2025 yil 1 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida «Pirotexnika buyumlarining muomalasi to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi.

Hujjat pirotexnika buyumlarining xavf darajasi va ulardan foydalanish qoidalarini aniq belgilab beradi.

Qonunga muvofiq, pirotexnika buyumlari xavflilikning I — V toifalariga bo‘linadi. I toifadagi buyumlar — xavfli hudud radiusi 0,5 metrdan oshmaydigan vositalar bo‘lib, ularni ishlab chiqarish, saqlash va sotish erkin amalga oshiriladi.

II toifadagi buyumlar — petardalar, ochiq maydonlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan fontanlar kabi xavfli hudud radiusi 5 metrgacha bo‘lgan vositalar hisoblanadi. Ularning muomalasi fuqarolar va yuridik shaxslar uchun to‘liq taqiqlanadi.

Xavflilikning III — V toifalaridagi buyumlar — mushakbozlik batareyalari, park feyerverklari, raketalar va signal mash’allari bo‘lib, ulardan faqat davlat buyurtmasi asosidagi ommaviy tadbirlar yoki harbiy va sanoat maqsadlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

Qonunga ko‘ra, pirotexnika buyumlarining muomalasi ustidan davlat nazorati Milliy gvardiya, ichki ishlar va bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, noqonuniy ishlab chiqarish yoki saqlash holatlariga qarshi choralar ko‘rish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish vazifasi ular zimmasiga yuklanadi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ham o‘zgartish kiritiladi: pirotexnika buyumlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun jarima miqdori besh baravaridan yigirma baravarigacha bo‘lgan miqdordan 15–25 baravargacha oshiriladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Senat «Sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunni ma’qullaganu haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Senat xavfli pirotexnika buyumlarini muomaladan chiqarish haqidagi qonunni ma’qulladi | Vaqt.uz