Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga bordi
29.08.2025 | 15:3024003
Bugun Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, markazda olib borilayotgan so‘nggi pardozlash va jihozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, so‘nggi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Markaz qadimgi me’moriy obidalar shaklida bunyod etilmoqda. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan. Markazda Qur’oni karim zali, xalqaro anjumanlar zali va tarixiy shaxslar faoliyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar uchun maxsus bo‘limlar tashkil qilingan.
Markazning qadimiy me’moriy shakldagi binosi milliy gumbaz va peshtoqlar bilan bezatilgan bo‘lib, unda musulmon dunyosining ma’naviy merosi – Usmon Mushafi va boshqa nodir Qur’onlar saqlanadi. Shuningdek, markazda xalqaro uchrashuvlar va turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish inshootlari ham barpo etilgan.

O‘zbekiston ulug‘ tarixga ega. Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy va madaniy meros insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Ular bilan dunyo hamjamiyatini xabardor qilishda ushbu markazning o‘rni beqiyos bo‘lishiga ishonaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.Prezident Shavkat Mirziyoyev bunyodkorlik ishlarini yuqori baholab, markazning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga oid ko‘rsatmalar berdi.