add

Sirdaryoda 400 ga yaqin xususiy bog‘chada sanitariya qoidalari buzilgani aniqlandi

12.10.2025 | 13:4533333

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan keng qamrovli sanitariya tekshiruvlari davomida 398 ta xususiy va oilaviy bog‘chada gigiyena va sog‘lomlik talablari buzilgani aniqlandi.

Sirdaryoda 400 ga yaqin xususiy bog‘chada sanitariya qoidalari buzilgani aniqlandi
Sirdaryo viloyatida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, viloyat hokimligi hamda tegishli idoralar hamkorligida tekshiruvlar amalga oshirildi. Tekshiruvlardan maqsad — bolalar sog‘lomligi va xavfsizligiga daxldor sanitariya-gigiyena qoidalariga qay darajada amal qilinayotganini o‘rganish bo‘lgan. Natijalarga ko‘ra, ko‘plab bog‘chalarda talablarga rioya etilmayotgani ma’lum bo‘ldi. Jumladan: 60 ta bog‘chaning oshxonasi ta’mirtalab holda ekani; Suv ta’minotida uzilishlar mavjudligi; Qo‘l yuvish uskunalari yetarli jihozlanmagani; Xodimlar va bolalar belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tmagani; Yotoq choyshablari va jihozlar eskirgani; Ayrim xonalar va eshiklar ta’mirtalabligi aniqlandi. Natijada bir qator bog‘chalarning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Bu chora mas’ullarni kamchiliklarni bartaraf etishga majbur qilish va bolalar uchun sog‘lom muhit yaratish maqsadida ko‘rilgan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi viloyat boshqarmasi rahbari Jo‘rabek Hasanov ma’lum qilishicha, qoidalarni buzgan 329 nafar mas’ul shaxsga jami 333 million 480 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan. Avvalroq Toshkent viloyatida 1940 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchilari, Jizzax viloyatida 37 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchilari oziq-ovqatdan zaharlangani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Sirdaryoda 400 ga yaqin xususiy bog‘chada sanitariya qoidalari buzilgani aniqlandi | Vaqt.uz