add

Toshkentda suv zarrachalarini uzoq masofaga purkovchi qurilma sinovdan o‘tkazilyapti

Ushbu uskunani o‘rnatish uchun tanlangan dastlabki manzil Olmazor tumani Taxtapul massividagi 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘ldi.

Toshkentda suv zarrachalarini uzoq masofaga purkovchi qurilma sinovdan o‘tkazilyapti

Yirik megapolislarni ekologik modernizatsiya qilishning xalqaro tajribalari o‘rganilib, changlanishni kamaytirish va havo sifatini yaxshilash bo‘yicha zamonaviy yechimlar joriy etilmoqda, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

Qayd etilishicha, shahar ma’muriyati jamoasi suv mikrozarrachalarini uzoq masofalarga purkovchi dispersiya qurilmasini sinovdan o‘tkazishga kirishdi. Bu poytaxt sharoitiga moslashtirilayotgan innovatsion vositalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Ushbu uskunani o‘rnatish uchun tanlangan dastlabki joylardan biri Olmazor tumanidagi Taxtapul massivida joylashgan 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘ldi.

Hokimlik sinov tafsilotlari haqida keyinroq batafsil ma’lumot berishini ma’lum qildi.

Avvalroq O‘zgidromet havo ifloslanishi shu hafta oxirigacha saqlanib qolishi haqida xabar bergandi.

Teglar

Mavzuga oid