add

Tramp Makrondan kelgan SMS-xabarlar skrinshotini tarmoqqa joylashtirdi

Bugun 20:302 daqiqa

AQSH prezidenti Emmanuel Makron yuborgan shaxsiy xabarlar skrinshotini butun dunyoga ko‘rsatdi. Grenlandiya taqdiri shaxsiy yozishmalarda muhokama qilingan.

Tramp Makrondan kelgan SMS-xabarlar skrinshotini tarmoqqa joylashtirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 20-yanvar kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan unga yuborilgani aytilayotgan xabarlar skrinshotini e’lon qildi.

«Prezident Makrondan Prezident Trampga. Do‘stim, biz Suriya bo‘yicha bir xil pozitsiyadamiz. Eron masalasida buyuk ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Grenlandiya masalasida nima qilayotganingizni tushunmayapman. Keling, buyuk ishlarni qilishga harakat qilaylik: 1) Men Davosdan keyin payshanba kuni tushdan keyin Parijda G7 uchrashuvini tashkil qilishim mumkin. Men ukrainaliklar, daniyaliklar, suriyaliklar va rossiyaliklarni taklif qila olaman. 2) AQSHga qaytib ketishingizdan oldin payshanba kuni Parijda birga kechki ovqat tanovul qilaylik», — deyiladi ingliz tilida yozilgan xabarda.

ruyhat

Makronning atrofidagilari xabarlar haqiqiyligini tasdiqlamoqda

20-yanvar kuni ertalab Reuters va AFP agentliklari bir-biridan mustaqil ravishda Makronning atrofidagilariga tayanib, Tramp tomonidan elon qilingan Fransiya prezidentining xabari haqiqiy ekanini yozdi.

AFP manbasi Fransiya prezidenti Trampga Parijda Rossiya ishtirokidagi «Katta yettilik» davlatlari vakillari uchrashuvini tashkil qilishni taklif etganini tasdiqladi.

O‘z navbatida, Reuters manbasi Tramp tomonidan oshkor qilingan bu xabarlar «Fransiya prezidenti omma oldida ham, shaxsiy suhbatlarda ham bir xil yo‘nalishda ekanini ko‘rsatishini» ta’kidlagan.

Tramp fransuz vinosiga 200 foizlik boj joriy etish bilan tahdid qildi

Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp G‘azo bo‘yicha Tichlik kengashi a’zoligini rad etgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga nisbatan keskin bayonot berib, agar Parij kengashga qo‘shilmasa, fransuz vino va shampanlariga 200 foizlik boj joriy etishini ma’lum qilgan edi.

Fransiya hukumati Tramp taklif qilayotgan «Tinchlik kengashi» faqat G‘azo masalasi bilan cheklanmasdan, BMTning institutsional tamoyillariga zid bo‘lishi mumkinligidan xavotirda.

Teglar

Mavzuga oid