add

Uch yilga kechikadigan pensiya, poytaxtdan viloyatga «quvilayotgan» institut va 200-300 mln so‘mdan oylik-ustama olgan rahbarlar — 10 sentyabr dayjesti

10.09.2025 | 22:00474810

Kun davomida O‘zbekistonda yuz bergan voqealar va hodisalar, yoritilgan yangiliklar va xabarlarning eng muhimlarini yana bir bor esga olamiz.

Uch yilga kechikadigan pensiya, poytaxtdan viloyatga «quvilayotgan» institut va 200-300 mln so‘mdan oylik-ustama olgan rahbarlar — 10 sentyabr dayjesti
Farmatsavtika instituti poytaxtdan viloyatga «quvilmoqda»: uning o‘rniga mehmonxona qurilishi mumkin Toshkent shahri markazidagi Farmatsevtika instituti Toshkent viloyati Zangiota tumaniga ko‘chirib yuborilib, institut bino o‘rniga besh yulduzli mehmonxona qurish taklifi ilgari surildi. Farmatsevtika institutining «Oybek» metro bekati yaqinidagi asosiy binosi bo‘shatilganidan so‘ng, u buzib tashlanib, uning joyiga 1000 o‘rinli avtoturargoh va besh yulduzli mehmonxona qurilib davlat tasarrufiga o‘tkaziladi. Strategik islohotlar agentligi ma’lum qilishicha, bu Toshkent shahar hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan loyihada o‘z aksini topgan. Loyihaga ko‘ra, Toshkent farmatsevtika institutini Zangiota tumanidagi «Tashkent Pharma Park» hududiga ko‘chiriladi. Taklif prezident qarori loyihasiga kiritilgan.   O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda O‘zbekistonda pensiya yoshi bosqichma-bosqich oshirilishi rejalashitirilmoqda. Bu haqda bugun, 10 sentyabr kuni Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Murodbek Otajonov ma’lum qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda pensiya islohoti loyihasida pensiyaning eng kam yoshi erkaklar uchun 60 yoshdan 63 yoshgacha, ayollar uchun 55 yoshdan 58 yoshgacha oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Xususan, pensiya yoshi har yili yarim yilga oshirilishi mumkin. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda umr ko‘rish davomiyligi o‘sib bormoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda bu ko‘rsatkich 75 yoshga yetgan. Agar 20 yil oldin pensionerlar pensiyaga chiqqandan so‘ng o‘rtacha 8-9 yil umr ko‘rgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich erkaklarda 12,5 yil, ayollarda esa 20 yilni tashkil etmoqda. Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktoriga ko‘ra, pensiya yoshini oshirishda har yili yarim yilga emas, balki uch oyga oshirish ko‘rib chiqishilishi mumkin. Shu tariqa, pensiya yoshi har to‘rt yilda bir yilga oshiriladi va butun islohot 12 yil davom etadi.   Angrendagi YTH qurbonlari soni 13 nafarga yetdi 7 sentyabr kuni Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 «Toshkent—O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 93-kilometrida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi qurbonlari soni 13 nafarga yetgani aytilmoqda. Avvalroq IIV ma’lumotida 8 ta avtomobil ishtirok etgan halokatda 7 kishi voqea joyida halok bo‘lgani, 9 kishi jarohatlanib, shundan 5 nafari shifoxonaga yotqizilgani haqida ma’lumot berilgan edi. Keyinroq Daryo.uz Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning 9 sentyabrda imzolangan farmoyishi asosida halok bo‘lganlar soni 11 nafar ekani haqida yozdi. Farmoyishda aytilishicha, ushbu YTH oqibatida 6 kishi turli darajada tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan. Kun.uz esa Ichki ishlar organlaridagi manbasiga tayanib, hozirgi vaqtga kelib halokat qurbonlari soni 13 nafarga yetganini xabar qildi.   Tunu-kun faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘chalarda avtomobillar tezligi 20 km/soatgacha cheklanishi mumkin O‘zbekistonda tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan ko‘chalar tashkil qilinib, ularda avtomobillar tezligi 20 km/soatdan oshmasligi mumkin. Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, bunday ko‘chalar aholi va turistlar ko‘p to‘planadigan hududlarda joylashib, tadbirkorlar uchun uzaytirilgan ish vaqti, savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi yaratiladi. Shuningdek, 2025 yil oxirigacha milliy karshering platformasi ishga tushirilib, poytaxtda qisqa muddatli avtomobil ijarasi xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Pilot loyiha Mirabod, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida amalga oshirilishi belgilangan. Shu bilan birga, veloshering tizimi ham sinov tarzida yo‘lga qo‘yilib, transport infratuzilmasi diversifikatsiya qilinishi kutilmoqda. Har oy 200-300 mln so‘mdan oylik-ustama olib kelgan rahbarlar fosh bo‘ldi Standartlash instituti rahbariyati va ayrim xodimlariga 2024–2025 yillarda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan yirik ustama haqlar to‘langani aniqlandi. Xisobotlarga ko‘ra, 10 nafar rahbar xodimga jami 3,1 milliard so‘mdan ortiq mukofot puli berilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, institut direktori vazifasini bajarib kelgan (sobiq) D.Qodirov 2024 yil noyabrdan 2025 yil martigacha bo‘lgan 5 oy davomida jami 468,6 mln so‘m daromad olgan. Shundan 433,8 mln so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardan mukofot sifatida to‘lab berilgan. Institutning boshqa xodimlariga ham yirik miqdorda ustama haqlar berilgan: G.G‘aziyeva (sobiq direktor) – 403,2 mln so‘m; A.Samijonov (direktor o‘rinbosari)– 482,9 mln so‘m; L.Davirov (direktor o‘rinbosari) – 412,8 mln so‘m; J.Umurzoqulov (bo‘lim boshlig‘i)– 293,3 mln so‘m; F.Ashurov (bo‘lim boshlig‘i)– 412,8 mln so‘m; J.Axmatov (bo‘lim boshlig‘i) – 471,1 mln so‘m; M.Mirzoidov (bo‘lim boshlig‘i) – 477,2 mln so‘m; N.Xudayxodjayeva (buxalter) – 227,8 mln so‘m; N.Xusanbayev (direktor yordamchisi) – 199,2 mln so‘m. Umumiy hisobda, institut xodimlariga byudjetdan tashqari mablag‘lardan jami 3,7 mlrd so‘mdan ortiq qo‘shimcha ustama haqlar to‘langani qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid