Logo

Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda?

Bugun 17:041 daqiqa

O‘zbekiston Markaziy bankining 2026-yil 15-iyun holatiga ko‘ra, aholi uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasini e’lon qildi.

Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda?

O‘zbekiston Markaziy bankining 2026-yil 15-iyun holatiga ko‘ra, aholi uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 22,4 foizni tashkil etgan.

Eng past ipoteka foiz stavkasini 18,0 foiz bilan «OFB» taklif qilmoqda. Shuningdek, «Asakabank»da ipoteka krediti 19,6 foiz, «Agrobank»da 20,8 foiz, «SQB»da 21,0 foiz va «Milliy bank»da 21,1 foizdan ajratilmoqda.

Shuningdek, «Ipoteka bank» 21,7 foiz, «Hamkorbank» 22,0 foiz, «BRB» 23,2 foiz hamda «Xalq banki» 23,3 foiz stavkada ipoteka kreditlarini taqdim etmoqda. «Aloqabank»da mazkur ko‘rsatkich 24,0 foizni tashkil qilgan.

O‘rta va yuqori segmentdagi banklar qatorida «Trastbank» 24,4 foiz, «Mikrokreditbank» 24,8 foiz, «Ipak Yo‘li bank» va «Infinbank» 24,9 foiz stavka bilan ipoteka kreditlarini taklif etmoqda.

Eng yuqori ipoteka foiz stavkalari «Asia Alliance Bank»da 25,4 foiz, «Universal bank» va «Turon bank»da 26,0 foiz hamda «Davr bank»da 27,0 foizni tashkil etgan.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 23,1 foizni, yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha esa 22,8 foizni tashkil qilgan.

1



Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 5 oyda qariyb 11 trln so‘m ipoteka kreditlari ajratilgan bo‘lib, kreditlarining har uchdan bittasi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Teglar

Mavzuga oid