add

Valyuta kursining o‘zgarish xavfi pasaydi, ammo oziq-ovqat qimmatlashuvi hamon dolzarb

09.09.2025 | 19:0047696

Avgust oyida Surxondaryo aholisi narxlar oshishidan eng ko‘p xavotirda bo‘lsa, poytaxtdagi ko‘rsatkichlar keskin yaxshilanib, kutilmalar sezilarli darajada pasaydi.

Valyuta kursining o‘zgarish xavfi pasaydi, ammo oziq-ovqat qimmatlashuvi hamon dolzarb
Markaziy bank tomonidan avgust oyi bo‘yicha aholining inflyatsion kutilmalari e’lon qilindi. So‘rovnomada 3 ming 546 ta respondent ishtirok etdi. Unga ko‘ra, aholining inflyatsiya kutilmalari 12,2 foiz (-0,7 foiz) bo‘lsa, tadbirkorlarning ko‘rsatkichi 11,8 foizni (-0,3 foiz) tashkil qilmoqda. [caption id="attachment_16309" align="aligncenter" width="633"]Cb info 01 Infografika: Markaziy bank[/caption] An’anaga sodiq qolgan holda, avgust oyida ham aholi go‘sht va sut, elektr va tabiiy gaz, benzin va yoqilg‘i narxlari yuqori darajada qimmatlashishidan xavotirda. Ayniqsa, oziq-ovqat narxlarining oshishiga doir ko‘rsatkich har oy aktual. Sohalar kesimida qaraydigan bo‘lsak, aholi eng yuqori inflyatsion kutilmalari ilm-fan va ta’lim sohasida qayd qilingan. Bu sentyabr oyidan yangi o‘quv yili boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xususan, o‘tgan oyda odamlar ko‘proq kafe va restoranlardagi narxlar qimmatlashishidan xavotirda ekanligi aytgan edi. Bundan tashqari, avgust oyi davomida kiyim va poyafzal (+7 band) keskin qimmatlashgan. Ijara haqi, ta’lim xizmatlari va guruch narxlari o‘tgan oyga nisbatan 2 bandga o‘sgan.   Hududlar kesimida ko‘rsatkich qanday? Inflyatsiya darajasining yaxshilanishiga Toshkent shahridagi optimizmning roli katta. Negaki poytaxt aholisining kutilmalari 16 foizdan 12,6 foizgacha pasaygan. Ammo o‘tgan oyda eng yomon kutilmalar Toshkent shahrida qayd etilgan edi. Cb info 02 Avgust so‘rovnomalarida kutilmagan o‘zgarish bo‘ldi. Bu safar Surxondaryo xalqi narxlar oshishidan eng ko‘p xavotirda. Uning inflyatsion kutilmalari 14,4 foizni ko‘rsatgan holda 1-o‘rinni qayd qilgan, o‘tgan oyda bu hudud 5-o‘rinda turgan edi.   Kimlar xavotirda? [caption id="attachment_16312" align="aligncenter" width="640"]Cb info 03 Infografika: Markaziy bank[/caption] Markaziy bank hisobotida daromadlar toifasi bo‘yicha chegaralar o‘zgartirildi va natijada umumiy manzara ham boshqacha ko‘rinish oldi. Endi eng past inflyatsiyaviy kutilmalarni ikki qutbdagi toifa qayd etmoqda: oylik daromadi 30 million so‘mdan yuqori bo‘lganlar va 2 million so‘mgacha daromadga ega aholi. Biri puli ko‘pligi uchun narx oshishidan xavotirlanmaydi, ikkinchisi esa puli yo‘qligi uchun. Bu ikki qutb 10,4 foiz inflyatsiya kutmoqda. Eng yuqori inflyatsion kutilmalar 20–30 mln so‘m daromad egalarida – 14,4 foiz. Kutilmagan o‘zgarish: Valyuta kursining o‘zgarishi xavotiri birinchi marta «yashil hudud»ga kirgan. Bunga sabab valyuta kurslarida tushishlar bilan bog‘liq, odamlar dollarning ko‘tarilishidan endi xavotirlanishmayapti. Eslatib o‘tamiz, avvalroq iyul oyida aholining inflyatsiya kutilmalari e’lon qilingan edi. Unda odam va tadbirkorlar eng ko‘p kommunal xizmatlar, energiya resurslari hamda oziq-ovqat narxlari yana oshishidan xavotirlanayotganini aytgan. Mahliyo Hamidova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid