add

Xitoy milliarderlaridan yangi trend: AQSHda surrogat ona orqali farzandli bo‘lish

Bugun 17:559152 daqiqa

Xitoyning ayrim milliarderlari AQSHda surrogat onalik orqali o‘nlab, hatto yuzlab farzandli bo‘lmoqda. Bu usulda ko‘payishning bahosi 200 ming dollargacha yetmoqda.

Xitoy milliarderlaridan yangi trend: AQSHda surrogat ona orqali farzandli bo‘lish

The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, so‘nggi yillarda Xitoyning bir qator milliarderlari AQSHda surrogat onalik xizmatlaridan foydalanib, ko‘p sonli farzandli bo‘lishni yo‘lga qo‘ymoqda. Ayrimlari erkak vorislar, boshqalari esa nufuzli oilalar bilan nikoh orqali aloqalar o‘rnatish maqsadida qiz farzandlarni tanlamoqda.

Xitoy qonunchiligida surrogat onalik taqiqlangani sababli, bunday imkoniyatni istagan boy qatlam vakillari AQSHga murojaat qilmoqda. Bunday mijozlar orasida yirik korporatsiyalar rahbarlari, yoshi katta shaxslar va an’anaviy oila qurishni istamaydigan juftliklar bor.

AQSHda ushbu talab atrofida to‘liq infratuzilma shakllangan: surrogat onalik agentliklari, yuridik kompaniyalar, klinikalar, bolalar parvarishi bilan shug‘ullanuvchi xizmatlar faoliyat yuritmoqda. Ayrim holatlarda ota-onalar AQSHga bormasdan, faqat genetik material yuborib, 200 minggacha dollargacha to‘lab farzandli bo‘lish imkoniga ega.

Avvalroq bu usul orqali xitoyliklar «bir oila — bir farzand» siyosati cheklovlarini chetlab o‘tishgan: AQSHda tug‘ilgan bolalar Xitoy fuqarosi hisoblanmagan. Ushbu siyosat 2015 yilda bekor qilingan.

Nashrning qayd etishicha, bugun ayrim milliarderlar orasida ko‘p farzandli bo‘lish g‘oyasi ommalashmoqda. Masalan, videoo‘yinlar ishlab chiqaruvchisi Syuy Bo o‘zini «Xitoyning birinchi otasi» deb atab, asosan o‘g‘il bolalardan iborat yuzga yaqin farzandi borligini ochiq aytgan.

Boshqa bir tadbirkor Van Hueyvu esa AQSHda donor ayollar orqali 10 nafar qiz farzandli bo‘lgan va kelajakda ularni dunyo yetakchilariga turmushga berishni rejalashtirgani aytilmoqda.

Ayrim agentliklar esa bir vaqtning o‘zida ko‘plab surrogat onalarni jalb qilish istagidagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni rad etmoqda. Ulardan biri «biz supermarket emasmiz», degan izoh bilan buyurtmani qabul qilmagan.

Avvalroq Xitoy o‘z iqtisodiyotni jadal sur’atda qayta qurayotgani, endi u arzon ishlab chiqarish manbai emas, balki elektrga asoslangan davlatga aylanayotgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoy milliarderlaridan yangi trend: AQSHda surrogat ona orqali farzandli bo‘lish | Vaqt.uz