add

Yana 3 ta tumanga yangi hokim tayinlandi

Bugun 16:553581

Navbahor, Narpay va Forish tumanlariga yangi hokim tayinlandi.

Yana 3 ta tumanga yangi hokim tayinlandi

Navoiy, Jizzax va Samarqand viloyatlarining tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Rashidov Alisher Abdurazoqovich - Navbahor tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Rashidov Navoiy viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Ma’lumot uchun, Rashidov 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan.

U 2006 yilda Toshkent Davlat agrar universiteti qoshidagi qishloq xo‘jalik korxonalari rahbarlarni tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish markazi hamda 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

Narpay tuman hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, Anvar Boliyev Narpay tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U bungacha tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Jizzax viloyati hokimliginih axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Sohib Islomov Jizzax viloyatining Forish tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Bungacha u «Qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalar agrotexnoparki maxsus sanoat zonasi direksiyasi» MCHJ direktori lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Karmana tumani, Xonabod va Ohamgaron shaharlariga ham yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid

Yana 3 ta tumanga yangi hokim tayinlandi | Vaqt.uz