add

Ohangaron va Xonobod shaharlariga ham yangi hokim tayinlandi

Kecha 14:253551

Ohangaron shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Muzaffar Rajabboyev ishdagi kamchiliklari sabab lavozimidan ozod etildi. Abdurahmonov Elyorbek Xonobod shahri hokimi etib tayinlandi.

Ohangaron va Xonobod shaharlariga ham yangi hokim tayinlandi

Ohangaron shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ohangaron shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Muzaffar Rajabboyev ishdagi kamchiliklari sabab lavozimidan ozod etilgan.

Zoir Mirzayev mazkur lavozimga Sadriddin Shoqosimov nomzodini tavsiya qildi. U avval Ohangaron tumani hokimining qurilish va ekologiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

Xalq deputatlari shahar Kengashi qaroriga ko‘ra, Sadriddin Shoqosimov Ohangaron shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Abdurahmonov Elyorbek Inomidinovich esa Xonobod shahri hokimi etib tayinlandi.

Elyorbek Abdurahmonov 1986 yilda Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan.

U 2007 yil Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyati Karmana tumaniga ham yangi hokim tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid