Logo

19-iyuldan boshlab Qozog‘istonda yagona QR-kod to‘lov tizimi ishga tushiriladi

Кеча 22:251 дақиқа

Mamlakatda ikkinchi darajali banklar va Qozog‘iston moliyachilari assotsiatsiyasi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

19-iyuldan boshlab Qozog‘istonda yagona QR-kod to‘lov tizimi ishga tushiriladi © Ijtimoiy tarmoqlar

Qozog‘iston Milliy banki Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Olmaotada ikkinchi darajali banklar va Qozog‘iston moliyachilari assotsiatsiyasi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir davomida tomonlar ikkinchi darajali banklarning Banklararo mobil to‘lov tizimidagi ishtiroki holatini, shuningdek, mobil o‘tkazma va QR to‘lov xizmatlarini joriy etish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qilishdi. Yagona QR tizimini bosqichma-bosqich ommalashtirishni joriy yilning 7-iyulida boshlash va uni 2026-yil 19-iyulda to‘liq ishga tushirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ikkinchi darajali banklarning raqamli aktivlar bozori ishtirokchilari bilan o‘zaro munosabatlariga, raqamli tengedan foydalanishga va banklarga davlat axborot xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash tartibiga yondashuvlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. 

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar muhokama qilingan masalalar bo‘yicha fikr almashdilar va ularni amalga oshirishda hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda elektron to‘lovlar infratuzilmasini yangilash va yagona standartni joriy etish maqsadida barcha savdo va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun yagona QR-kod joriy etilgandi. Joriy yilning 1-iyulidan esa ushbu tizim orqali to‘lov qabul qilish majburiy talabga aylandi.

Теглар

Мавзуга оид

19-iyuldan boshlab Qozog‘istonda yagona QR-kod to‘lov tizimi ishga tushiriladi | Vaqt.uz