2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni asossiz undirgan korxona jazolandi

03.03.2026 | 12:351 дақиқа

Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar asossiz undirganligi aniqlandi.

2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni asossiz undirgan korxona jazolandi

Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlari uchun tariflar oshirilishi natijasida iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz undirilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, «MUSAFFO OBI HAYOT MAGISTRAL SUV TA'MINOTI» AJ tomonidan qo‘llanilgan yangi tariflar amaldagi qonunchilik talablariga mos kelmagan. Natijada aholi va boshqa iste’molchilardan ortiqcha to‘lovlar undirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan «MUSAFFO OBI HAYOT MAGISTRAL SUV TA'MINOTI» AJga nisbatan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablarini buzish alomatlari asosida ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda asossiz olingan mablag‘larni yakuniy iste’molchiga qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi ekish mavsumi boshlanishi arafasida yoqilg‘i narxlarini nazoratga olganligi haqida xabar berilgan edi.

Теглар

Мавзуга оид

2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni asossiz undirgan korxona jazolandi | Vaqt.uz