2025 yilda 189 ta davlat xaridlarida 666 mlrd so‘mlik qonunbuzilish aniqlangan

2025 yilda davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar soni sezilarli kamaygan, ammo moliyaviy hajm 34 foizga o‘sgan.

2025 yilda 189 ta davlat xaridlarida 666 mlrd so‘mlik qonunbuzilish aniqlangan

2025 yil yakunlariga ko‘ra, davlat xaridlari tizimida 666,6 mlrd so‘mlik 189 ta qonunbuzilish holati aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.

Tahlillarga ko‘ra, qonunbuzilishlar soni 2024 yilga nisbatan 282 taga yoki qariyb 60 foizga kamaygan. Biroq ularning umumiy qiymati 167,9 mlrd so‘mga yoki 33,7 foizga oshgan. Bu holat kamroq epizodlarda yirik moliyaviy buzilishlar qayd etilganini anglatadi.

photo_2026-02-26_11-20-30

Hududlar kesimida eng katta ulush Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda 541,8 mlrd so‘mlik qonunbuzilish aniqlangan bo‘lib, bu jami summaning 81,3 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, Toshkent shahrida aniqlangan holatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 8 taga kamaygan.

Qayd etilishicha, 102 ta holat noxolis baholash va raqobatni cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan. Ya’ni tender jarayonlarida adolatli baholash tamoyillariga rioya etilmagan. Shuningdek, 36 ta holat manfaatlar to‘qnashuvi, 32 ta holat esa affillanganlik bilan bog‘liq ekani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qo‘mitasi 16,4 mlrd so‘mlik davlat xaridlarda qonunbuzilish holatlari aniqlagani haqida xabar bergan edik.

Теглар

Мавзуга оид