Logo

500 ga yaqin yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Бугун 15:252 дақиқа

O‘zbekistondagi barcha metan, propan va benzin zapravkalari hamda gaz ballonlarini to‘ldirish punktlari xatlovdan o‘tkazilib, 46 mingdan ortiq kamchiliklar aniqlandi.

500 ga yaqin yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi © YANDEX MAPS

O‘zbekistonda yonilg‘i quyish va gaz to‘ldirish infratuzilmasida o‘tkazilgan keng ko‘lamli tekshiruvlar natijasida 464 ta shoxobcha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 22-iyundan kuchga kirgan qarorida belgilangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘ylab jami 6 196 ta suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shoxobchalari, neft mahsulotlari quyish stansiyalari hamda aholi gaz ballonlarini to‘ldirish obyektlari xatlovdan o‘tkazilgan.

Tekshiruvlardan maqsad avariyalar va yong‘inlarning oldini olish, shuningdek xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlashdan iborat bo‘lgan.

Xatlov natijalariga ko‘ra, jami 46 737 ta qoidabuzarlik va kamchilik aniqlangan. Ularning 25 341 tasi sanoat va texnika xavfsizligi, 7 949 tasi yong‘in xavfsizligi, 7 875 tasi texnologik jarayonlarga rioya qilish, 3 354 tasi texnik tartibga solish hamda 2 218 tasi qurilish sohasiga oid kamchiliklar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tekshiruvlar davomida 7 166 ta kamchilik joyida bartaraf etilgan. Biroq xavfsizlik talablariga javob bermagan 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab xizmat muddati tugagan yoki ishlab chiqarilgan sanasi aniq bo‘lmagan, ortiqcha bosim ostida ishlaydigan uskunalardan barcha turdagi yonilg‘i quyish va gaz to‘ldirish inshootlarida foydalanish 2030-yil 1-yanvarga qadar cheklanadi.

Shuningdek, 2026 yil sentabriga qadar insonlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan, shaharsozlik, sanoat va yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan shoxobchalarning maxsus reyestri shakllantiriladi.

Keyinchalik bunday obyektlarni bosqichma-bosqich xavfsiz hududlarga ko‘chirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Eslatib ўtaмiз, 8-iyun kuni soat 13:50 da Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani, «Chaman» MFY hududida joylashgan maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.

Теглар

Мавзуга оид