Logo

Abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlandi

Бугун 10:551 дақиқа

Joriy yilgi davlat imtihonlarini topshirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar endi my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin.

Abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlandi © Bilim va malakalarni baholash agentligi

2026–2027 o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga abituriyent ruxsatnomasini berish boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyent ruxsatnomasini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda yuklab olishi mumkin.

Ular test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishi lozim. Agentlikning yozishicha, pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan borgan, shuningdek, imtihonga kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan yangi 20 dan ortiq yo‘nalish va mutaxassislik ochilgan edi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida dronlar, mobil robototexnika, yashil iqtisodiyot, urbanistika, xalqaro suv diplomatiyasi va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha ham mutaxassislar tayyorlanishi ma’lum qilingan edi.

Теглар

Мавзуга оид

Abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlandi | Vaqt.uz