AQSH va Kuba 10 yil ichida ilk bor Havanada maxfiy muzokaralar o‘tkazdi

Vashington Kubaga kutilmagan talablar va «Starlink» va’dasi bilan keldi. Orol davlatni Trampning «do‘stona bosib olishi» kutmoqdami yoki yangi inqilob?

AQSH va Kuba 10 yil ichida ilk bor Havanada maxfiy muzokaralar o‘tkazdi © ukrinform.net

AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi o‘tgan juma kuni Kuba hukumati bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Havanaga bordi. «Axios» nashri manbalariga ko‘ra, bir qator uchrashuvlar, jumladan, mamlakatda hamon katta siyosiy ta’sirga ega bo‘lgan sobiq prezident Raul Kastroning nabirasi Raul Gilermo Rodriges Kastro bilan ham muloqotlar bo‘lib o‘tgan.

Amerika tomoni Kuba iqtisodiyoti «jarga qulayotganini» ta’kidlab, vaziyat ortga qaytmas darajada yomonlashmasidan oldin orol rahbariyatini AQSH ko‘magida demokratik va iqtisodiy islohotlar o‘tkazishga chaqirdi.

Davlat departamenti vakillari siyosiy mahbuslarni ozod qilish hamda 1959-yilgi inqilobdan so‘ng musodara qilingan AQSH fuqarolari va korporatsiyalarining aktivlari uchun tovon puli to‘lashni qat’iy talab qildi. Shuningdek, AQSH chegarasidan yuz mildan kamroq masofada xorijiy razvedka, harbiy va terrorchi guruhlarning faoliyat yuritayotganidan jiddiy xavotir bildirildi.

Bu talablar bajarilgan taqdirda, Vashington savdo embargosini bekor qilish masalasini muhokama qilishga va Ilon Maskning «SpaceX» kompaniyasiga tegishli «Starlink» sun’iy yo‘ldosh aloqasidan foydalanish imkoniyatini yaratib berishga va’da qildi.

Qayd etish joizki, bu AQSH va Kuba o‘rtasida so‘nggi o‘n yil ichida o‘tkazilgan ilk muzokaralardir. Oxirgi marta mamlakatlar 2016 yilda Barak Obamaning tashrifi chog‘ida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilgan edi.

Qamal va yashirin rejalar

2026-yil boshida AQSH Kubani amalda yonilg‘i qamaliga olgandi. Prezident Donald Tramp oroldan kelayotgan «milliy xavfsizlikka tahdid»ni ro‘kach qilib, Havanaga neft yetkazib beruvchi davlatlarga qo‘shimcha bojlar joriy qildi. Bu esa Kubada og‘ir energetika inqirozini keltirib chiqardi.

«The Wall Street Journal» nashrining xabar berishicha, Raul Kastroning nabirasi diplomatik kanallarni chetlab o‘tib, Trampga maxfiy xat yuborishga uringan. Oq uydagi manbalarning ta’kidlashicha, Kuba Eron va Venesueladan keyin «Trampning navbatdagi nishoni» bo‘lishi mumkin.

Agar Havana kelishuvni rad etsa, AQSH prezidenti orolni «do‘stona bosib olish» ehtimolini ham inkor etmagan. Vashington 1991-yilgacha orolni qo‘llab-quvvatlagan sovet ittifoqining o‘rnini egallab, Kubani AQSHga moliyaviy jihatdan to‘liq qaram qilish rejasini ishlab chiqqani aytilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид