Logo

Asia Alliance Bank Islom taraqqiyot banki guruhi bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda

Бугун 11:391 дақиқа

«Asia Alliance Bank» ATB Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Islom taraqqiyot banki guruhi (ITB)ning yillik yig‘ilishida ishtirok etdi.

Asia Alliance Bank Islom taraqqiyot banki guruhi bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda

Tadbir doirasida Asia Alliance Bank va Xalqaro Islom Savdo-Moliya Korporatsiyasi (ITFC) o‘rtasida moliyalashtirishning asosiy shartlarini nazarda tutuvchi Terms Letter imzolandi. Mazkur hujjat bank tomonidan 20 million AQSH dollari miqdoridagi yangi moliyalashtirish liniyasi jalb etilishini ko‘zda tutadi.

Mazkur kelishuvning imzolanishi xalqaro moliya institutlarining Asia Alliance Bank’ga bo‘lgan yuqori ishonchining navbatdagi tasdig‘i bo‘lib, bankning Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibidagi tashkilotlar bilan hamkorligini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Bankning Islom taraqqiyot banki guruhi tarkibidagi tashkilotlar bilan hamkorligi 2013 yildan buyon davom etib kelmoqda. Shu davr mobaynida ITB guruhi tomonidan bankka ajratilgan moliyalashtirishning umumiy hajmi 45 million AQSH dollariga yetdi.

Shuningdek, yillik yig‘ilish doirasida bank vakillari qator xalqaro moliya institutlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdilar. Jumladan, Turkic Investment Fund vakillari bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, yangi moliyalashtirish manbalarini jalb etish hamda O‘zbekiston tadbirkorligi va iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Asia Alliance Bank xalqaro hamkorlik aloqalarini izchil kengaytirishda davom etib, biznes va O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Теглар

Мавзуга оид