Banklarda avtokreditlar foizi eng past darajaga tushdi

Бугун 20:302 дақиқа

Markaziy bank 2026 yil 18-may holatiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Banklarda avtokreditlar foizi eng past darajaga tushdi

Markaziy bank 2026 yil 18-may holatiga ko‘ra, tijorat banklarining mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha yangi foiz stavkalarini e’lon qildi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 22 foizgacha pasaygan bo‘lsa, mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 29,1 foizni tashkil etdi.

Avtokreditlar Markaziy bank mikroqarzlar va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qilishni boshlagandan buyon eng past ko‘rsatkichga tushdi. O‘tgan haftada ham avtokreditlar eng past daraja, 22,3 foizni tashkil etgan edi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 22,4 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Milliy bank» 23,9 foiz va «Infinbank» 24,4 foiz bilan joylashdi. Shuningdek, «Asia Alliance bank» 24,7 foiz va «Trastbank» 25,1 foiz stavka taklif qilmoqda.

O‘rta segmentda stavkalar asosan 25–30 foiz oralig‘ida shakllangan. Jumladan, «BRB» 25,6 foiz, «OFB» 25,8 foiz, «Agrobank» 26,3 foiz, «Mikrokreditbank» va «Xalq banki» 26,7 foizdan mikroqarz ajratmoqda. «Asakabank» 26,9 foiz, «SQB» 27,1 foiz va «Turon bank» 27,4 foiz stavka taklif etmoqda.

Yuqori segmentda esa foizlar sezilarli darajada yuqori. «Garant bank»da 28,7 foiz, «Universal bank»da 30,1 foiz, «Poytaxt bank»da 30,5 foiz va «Madad Invest bank»da 31,6 foiz qayd etildi. Eng yuqori stavkalar «Hamkorbank» 32,2 foiz, «Ipoteka bank» 33,3 foiz, «Uzum bank» 34,2 foiz, «TBC bank» 35,9 foiz, «AVO bank» 39,9 foiz, «Anor bank» 41,7 foiz va «Tenge bank» 42,5 foizda kuzatildi.

1

Avtokreditlar

Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,7 foiz bilan «BRB»da qayd etildi. Shuningdek, «Garant bank» 19,6 foiz va «Apex bank» hamda «Davr bank» 20,1 foiz stavka bilan nisbatan arzon kredit taklif qilmoqda.

O‘rta segmentda stavkalar 21–24 foiz oralig‘ida shakllangan. Xususan, «Hamkorbank» 21,1 foiz, «Ipoteka bank» 21,2 foiz, «SQB» va «Octobank» 21,5 foiz, «Aloqabank» 21,7 foiz hamda «Ipak Yuli bank» 22 foiz stavka bilan avtokredit ajratmoqda. «Milliy bank» va «Asia Alliance bank»da bu ko‘rsatkich 23,6 foizni tashkil etdi.

Yuqori segmentda esa «Asakabank» va «Ziraat bank» 24 foiz, «Agrobank» 24,7 foiz, «Turon bank» 24,9 foiz va «Universal bank» 28 foiz stavka bilan avtokredit taklif qilmoqda.

2

Теглар

Мавзуга оид