Logo

Banklarda avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi yana rekord darajada pasaydi

Bu ko‘rsatkich Markaziy bank mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha haftalik foiz stavkalarini e’lon qila boshlaganidan beri qayd etilgan eng past daraja bo‘ldi.

Banklarda avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi yana rekord darajada pasaydi © Shutterstock

Markaziy bank 2026-yil 27-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.

Yangi haftada mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 28,5 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 21,1 foizni tashkil etdi.

O‘tgan haftada bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 28,6 foiz va 21,3 foiz bo‘lgan edi. Shu tariqa, avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka yana pasayib, Markaziy bank ushbu statistikani yuritishni boshlaganidan beri eng past darajada saqlanib qoldi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar segmentida eng past foiz stavkasi 22,7 foiz bilan «Aloqabank»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Trastbank» — 23,6 foiz, «Infinbank» — 24,0 foiz, «Asia Alliance bank» — 24,2 foiz va «Milliy bank» — 25,1 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «BRB» 25,6 foiz, «Agrobank» 26,4 foiz, «Xalq banki» 26,6 foiz, «OFB» 26,7 foiz, «Mikrokreditbank» 26,8 foiz, «Asaka bank» 26,9 foiz, «Kapital bank» 27,0 foiz, «SQB» 27,4 foiz va «Poytaxt bank» 27,5 foiz stavkada mikroqarz taklif qilmoqda.

Yuqori segmentda «Universal bank» 27,8 foiz, «Turon bank» 28,5 foiz, «Garant bank» 29,5 foiz, «Hamkorbank» 30,2 foiz, «Apex bank» 31,2 foiz hamda «Ipak yo‘li bank» 31,9 foiz stavka taklif qilmoqda.

Eng yuqori stavkalar «Ipoteka bank»da 33,6 foiz, «Davr bank»da 34,2 foiz, «TBC bank»da 35,0 foiz, «Tenge bank»da 37,4 foiz, «Uzum bank»da 38,0 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz va «Anor bank»da 40,9 foiz bilan qayd etildi.

1




Avtokreditlar

Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka 18,1 foiz bilan «BRB»da qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda «Ipoteka bank» — 18,4 foiz, «Davr bank» — 19,4 foiz, «Aloqabank» — 19,9 foiz, «Garant bank» — 20,5 foiz va «Apex bank» — 20,6 foiz stavka bilan joylashdi.

Shuningdek, «SQB» 21,4 foiz, «Milliy bank» 22,0 foiz, «TBC bank» 22,1 foiz, «Asaka bank» 22,2 foiz, «Turon bank» 22,3 foiz, «Ipak yo‘li bank» 22,5 foiz, «OFB» 22,8 foiz, «Xalq banki» 23,7 foiz, «Mikrokreditbank» 23,9 foiz va «Trastbank» 24,4 foiz stavkada avtokredit ajratmoqda.

Yuqori segmentda «Hamkorbank» 24,6 foiz, «Agrobank» 25,0 foiz hamda «Asia Alliance bank» 25,2 foiz stavka taklif qilmoqda. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, avtokreditlar bo‘yicha eng yuqori stavka 25,2 foiz bilan «Asia Alliance bank»da qayd etilgan.

2



Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda aholi kreditlari biznesnikiga nisbatan tezroq o‘sayotganligi haqida ma’lumot berilgandi. Bir yil ichida aholining banklar oldidagi kredit qarzi 39,5 trln so‘mga ko‘paydi. Kredit turlari orasida ipoteka va mikrokreditlar o‘sish qayd etgan, ta’lim kreditlari esa kamaygan.

Теглар

Мавзуга оид

Banklarda avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi yana rekord darajada pasaydi | Vaqt.uz