«Butun bir sivilizatsiya bugun tunda yo‘q bo‘lib ketadi». Tramp Eronga tahdid qilidi

AQSH Prezidenti Eronga qo‘yilgan ultimatum muddati tugashi arafasida dunyoni larzaga soluvchi bayonot bilan chiqdi.

«Butun bir sivilizatsiya bugun tunda yo‘q bo‘lib ketadi». Tramp Eronga tahdid qilidi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘ida post yozib, unda Eronga qo‘yilgan so‘nggi ultimatum muddati tugaydigan 8-aprelga o‘tar kechasi «butun bir sivilizatsiyaning yo‘q qilinishi» bilan tahdid qildi.

«Butun bir sivilizatsiya bugun tunda yo‘q bo‘lib ketadi va uni endi hech qachon qaytarib bo‘lmaydi. Men buni istamayman, lekin, ehtimol, voqealar shunday tus oladi. Ammo rejim to‘liq va batamom o‘zgarib, uning o‘rniga aqlliroq va radikalizmdan yiroq kuchlar kelganda, ehtimol, chinakam inqilobiy o‘zgarishlar yuz berar. Kim biladi? Biz buni bugun tunda — dunyoning uzoq va murakkab tarixidagi eng hal qiluvchi paytlardan birida bilib olamiz. 47 yillik tovlamachilik, korrupsiya va o‘lim, nihoyat, o‘z nihoyasiga yetadi. Xudo Eronning buyuk xalqini o‘z panohida asrasin!»», - deya yozdi u.

22

Trampning dedlayni

Dam olish kunlari Tramp Eronga «do‘zax» va «tosh davriga qaytish» bilan tahdid qilgan edi. Agar Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamalini to‘xtatmasa, Eronning energetika obyektlariga zarba berishini aytgandi. 5-aprel kuni u Eronda seshanba kuni «bir vaqtning o‘zida ham elektr stansiyalari kuni, ham ko‘priklar kuni» bo‘lishini yozib, «la’nati» Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni talab qildi.

Navbatdagi postida u yakuniy muddatni belgiladi: «seshanba, Sharqiy sohil vaqti bilan kechki soat 8». Toshkent vaqti bilan bu chorshanba, 8-aprel sahar soat 05:00 ga to‘g‘ri keladi. Huquq himoyachilari va siyosatchilar Eronning energetika infratuzilmasiga beriladigan zarbalar harbiy jinoyat bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Теглар

Мавзуга оид

«Butun bir sivilizatsiya bugun tunda yo‘q bo‘lib ketadi». Tramp Eronga tahdid qilidi | Vaqt.uz