«Chakanapay» ilovasi yopilmoqda

Бугун 12:442 дақиқа

Ilova ikki yildan buyon foydalanuvchilarga 10 mln so‘mgacha foizsiz pul o‘tkazmalari xizmatini taklif qilib kelayotgan edi.

«Chakanapay» ilovasi yopilmoqda

«Agrobank» ekotizimining bir qismi sifatida faoliyat olib borgan «Chakanapay» faoliyati to‘xtatilmoqda. 

«Chakanapay yopilmoqda. Biz sizning ishonchingizni qadrlaymiz va ishonchli vositalarimizdan foydalanishda davom etishingizni istaymiz. Shuning uchun sizni uzoq vaqtdan beri barqaror ishlayotgan asosiy ekotizimimiz «Agromobile»ga taklif qilamiz», — deyilgan ilova bildirishnomasida.

«Agrobank» «Chakanapay» ilovasi nima sababdan yopilayotgani haqida izoh bermadi. Bank faqatgina «Chakana» marketpleysi hamda «Open» muddatli to‘lov tizimida ham texnik ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

photo_2026-03-13_12-43-26

Ma’lumot uchun, 15-yanvar kuni «Agrobank» aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida «Open Bank» aksiyalarini sotib olish masalasi ko‘rib chiqilib, bu bo‘yicha qaror qabul qilindi. Yig‘ilish protokoliga ko‘ra, aksiyalar qonunchilikda belgilangan tartibda sotib olinadi va ushbu jarayonni amalga oshirish uchun maxsus «yo‘l xaritasi» ishlab chiqilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur bank ilgari «Smart Bank» nomi bilan faoliyat yuritgan. 2022 yil dekabrida Markaziy bank tomonidan «Smart Bank» aksiyadorlik jamiyatiga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan. 

2023 yil fevralida esa bankning yagona aksiyadori «Leader Finance» MCHJ ekani ma’lum bo‘lgan. Ushbu kompaniyaning yagona ta’sischisi «Agrobank» hisoblangan. Shu tariqa, davlat banki bo‘lgan «Agrobank» mazkur raqamli bank loyihasining ham egasi hisoblangan.

2025 yil boshida «Future Open Technology Group» AJ «Smart Bank»ning 90,2 foiz aksiyalarini 451 mlrd so‘m evaziga sotib olgan. Shu yilning 17-iyun kuni yangi aksiyadorlar yig‘ilishida bankni rebrending qilishga qaror qilinib, uning nomi «Open Bank» deb o‘zgartirilgan.

Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, «Open Bank» aksiyalarining 85,07 foizi «Future Open Technology Group»ga, 10 foizi Komilxo‘ja Sultonovga, 4,93 foizi esa Zafar Adilovga tegishli. Bank 2025 yilni 8,2 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunlagan.

Теглар

Мавзуга оид