Logo

Chet el safariga tayyorlanish uchun endi bankka borish shart emas

Бугун 16:291 дақиқа

«Asia Alliance Bank» ATB viza hujjatlarini topshirish uchun ma’lumotnoma olish jarayonini soddalashtirdi. Endi Alliance Pay mobil ilovasida elchixona uchun ma’lumotnomani bevosita smartfonning o‘zidan onlayn rasmiylashtirish mumkin.

Chet el safariga tayyorlanish uchun endi bankka borish shart emas

Hisobvaraq yoki valyuta kartasidagi pul mablag‘lari qoldig‘ini tasdiqlovchi ma’lumotnoma bir necha soniya ichida PDF formatida shakllantiriladi.

Xizmatning afzalliklari

Bepul: ma’lumotnoma hech qanday komissiyasiz rasmiylashtiriladi.

Ikki tilda: konsullik muassasasi talablaridan kelib chiqib, ma’lumotnomani rus yoki ingliz tilida shakllantirish mumkin.

24/7 rejimida ishlaydi: ma’lumotnomani bank bo‘limiga bormasdan va navbat kutmasdan istalgan vaqtda rasmiylashtirish mumkin.

Ma’lumotnomani 3 qadamda olish mumkin

1. Alliance Pay ilovasini ochib, kerakli karta yoki hisobvaraqni tanlang.

2. «Elchixona uchun ma’lumotnoma» bandini bosing.

3. Hujjat tilini (rus yoki ingliz) tanlang va «Keyingisi» tugmasini bosing. Tayyor ma’lumotnomani PDF formatida yuklab olish yoki elektron pochta orqali jo‘natish imkoni paydo bo‘ladi.

Ushbu xizmat Alliance Pay ilovasidagi masofaviy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirib, mijozlarga bank bo‘limiga tashrif buyurmasdan zarur hujjatlarni olish imkonini beradi.

Alliance Pay ilovasini App Store, Google Play va AppGallery’dan yuklab olish mumkin.

Теглар

Мавзуга оид