Logo

«Dolzarb 40 kunlik»: aholi daromadini oshirish choralari ko‘rilmoqda

Бугун 17:072 дақиқа

«Biznesni rivojlantirish banki» rahbariyati Farg‘ona va Andijonda «Dolzarb 40 kunlik» doirasida aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar bilan tanishdi.

«Dolzarb 40 kunlik»: aholi daromadini oshirish choralari ko‘rilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida «Biznesni rivojlantirish banki» aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi vakillari Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bo‘lib, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida mamlakat bo‘ylab e’lon qilingan «Dolzarb 40 kunlik» tadbirlari doirasida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va mahallalar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xususan, Prezident topshirig‘iga muvofiq, har bir mahalla bankiriga ko‘pi bilan uchta mahalla biriktirish va ularning xonadonma-xonadon yurib, mikromoliyaviy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish bo‘yicha ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Mahallabay yondashuv

Yangi tizimga ko‘ra, mahalla bankirlari xonadonbay va mijozbay ishlash orqali har bir hududning iqtisodiy salohiyatini o‘rganmoqda.

O‘rganishlar davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

3


— Aholi bandligini ta’minlash: Yangi ish o‘rinlarini yaratish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va kichik biznes tashabbuslarini imtiyozli moliyaviy resurslar bilan qo‘llab-quvvatlash;

— Tomorqadan samarali foydalanish: Aholi egaligidagi va ajratilgan ijara yer maydonlaridan unumli foydalanish, ko‘chatchilik va issiqxona xo‘jaliklarini kengaytirish orqali mahsulot yetishtirish hajmini oshirish;

— «Bir mahalla – bir mahsulot» tamoyili: Hududlarning o‘ziga xos ixtisoslashuvidan kelib chiqib, dehqonchilik, hunarmandchilik va ishlab chiqarish yo‘nalishlarini zanjirli tarzda tizimli rivojlantirish.

Tashrif yakunida Farg‘ona va Andijon viloyatlaridagi mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi daromadlarini muttasil oshirish, kichik va o‘rta biznes subyektlariga zamonaviy hamda qulay bank xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha mas’ullarga aniq chora-tadbirlar belgilab berildi.

Теглар

Мавзуга оид