Eron bilan urush dunyoni «Dubay shokoladi»siz qoldirishi mumkin

Yaqin Sharqdagi urush shirinliklar bozoriga ham zarba berdi. Ho‘rmuz bo‘g‘ozining qamal qilinishi va Eron portlaridagi muammolar dunyoni pista tanqisligi yoqasiga keltirib qo‘ydi.

Eron bilan urush dunyoni «Dubay shokoladi»siz qoldirishi mumkin © dailyausaf.com

Narxlar allaqachon so‘nggi 8 yildagi maksimumni yangiladi. Xo‘sh, Eron pistasisiz sevimli shirinlik ta’mi qanday o‘zgaradi va taqchillik qachongacha davom etadi?

* * *

Eron bilan urush dunyoni «Dubay shokoladi»siz qoldirishi mumkin

Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro va logistik cheklovlar dunyo bozorida pista tanqisligini keltirib chiqardi. Eron global pista eksportining qariyb 30 foizini ta’minlashini inobatga olsak, bu holat «Dubay shokoladi», pistali pasta va muzqaymoqlar narxining keskin oshishiga olib keladi.

«Financial Times» nashrining yozishicha, Yaqin Sharqdagi urush harakatlari, Ho‘rmuz bo‘g‘ozining blokadasi va Eron portlaridagi cheklovlar dunyoda pista ta’minotini izdan chiqarmoqda.

AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron dunyodagi pistaning beshdan bir qismini ishlab chiqaradi va jahon eksportining 25-30 foizini nazorat qiladi. Mart oyidayoq pista narxi 2018 yildagi rekord darajaga — bir funt uchun 4,57 dollargacha ko‘tarildi. Logistik muammolar esa vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Tanqislikka bir nechta omillar sabab bo‘lmoqda. Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda trendga aylangan «Dubay shokoladi» tufayli pista pastasiga bo‘lgan talab keskin oshgan. Ikkinchidan, 2025 yilda nafaqat Eronda, balki boshqa yirik ishlab chiqaruvchilar — AQSH va Turkiyada ham hosil past bo‘ldi. Bundan tashqari, Erondagi ichki tartibsizliklar va internetning o‘chirilishi savdo hamkorlari bilan aloqani uzib qo‘ygan bo‘lsa, urush logistikani qimmatlashtirib yubordi.

Ta’m va sifat muammosi

Hozir Eron pistasini yetkazib berish uchun yangi, murakkab yo‘nalishlar qidirilmoqda. Masalan, Hindistonga mahsulot Turkiya va Suvaysh kanali orqali, Xitoyga esa temir yo‘l orqali yetkazilmoqda. Bu esa transport xarajatlarini bir necha barobarga oshirib yubordi. Pista taqchilligi, ayniqsa, muzqaymoq savdosi avjiga chiqadigan yoz mavsumi oldidan ishlab chiqaruvchilar uchun katta zarba bo‘ldi.

Ko‘pchilik xaridorlar muqobil yetkazib beruvchi sifatida AQSHga yuzlanmoqda. Biroq soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, Eron pistasi o‘zining yuqori yog‘lilik darajasi bilan ajralib turadi. Bu nafaqat shirinliklarning o‘ziga xos ta’miga, balki ishlab chiqarish jarayonlariga ham ta’sir qiladi. Shu sababli, Eron pistasining yo‘qligi bozorda nafaqat qimmatchilikni, balki mashhur desertlar sifatining o‘zgarishini ham keltirib chiqarishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид