Eron oliy rahnamosi hushsiz va biror-bir qaror qabul qilishda ishtirok etishga qodir emas — «The Times»

Кеча 21:542 дақиқа

Mo‘jtabo Xomanaiy 28-fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga qilgan hujumlarining ilk kunidayoq yaralangan edi, uning otasi Ali Xomanaiy esa o‘shanda o‘ldirilgan.

Eron oliy rahnamosi hushsiz va biror-bir qaror qabul qilishda ishtirok etishga qodir emas — «The Times»

Eronning yangi oliy rahnamosi Mo‘jtabo Xomanaiy hushsiz holatda, u Eronning Qum shahrida davolanmoqda. Bu haqda «The Times» nashri Amerika va Isroil razvedka xizmatlari ma’lumotlariga tayanib, yozmoqda.

«Mo‘jtabo Xomanaiy Qumda og‘ir ahvolda davolanmoqda, u rejim tomonidan biror-bir qaror qabul qilinishida ishtirok etishga qodir emas», — deyiladi jurnalistlar tanishib chiqqan va AQSHning Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilariga yuborilgan diplomatik qaydda.

Ali Xomanaiyning dafn marosimi

Qum shahri mamlakat markazida, Tehrondan taxminan 140 kilometr janubda joylashgan. U muqaddas shahar hisoblanadi — 28-fevral kuni o‘ldirilgan Mo‘jtabo Xomanaiyning otasi va Eronning avvalgi oliy rahnamosi Ali Xomanaiy ham aynan o‘sha yerda dafn etish rejalashtirilgan.

«Uning jasadi dafn marosimiga tayyorlanmoqda», - deb yozdi «The Times».

Eron hukumati Ali Xomanaiyning dafn marosimini «misli ko‘rilmagan darajadagi odam kelishi kutilayotgani» sabab kechiktirdi, biroq bu kechikish vafot etganlarni o‘limidan so‘ng darhol dafn qilish bo‘yicha shialik an’analarini inobatga olganda «savollar uyg‘otdi», deb ta’kidlaydi nashr. 8-aprel kuni Xomanaiy vafotiga 40 kun to‘ladi — bu shialik islomida an’anaviy motam davrining tugashini anglatadi.

Shubhalar

Mo‘jtabo Xomanaiy 28-fevral kuni AQSH va Isroilning Eronga qilgan hujumlarining ilk kunidayoq yaralangan edi, uning otasi Ali Xomanaiy esa o‘shanda o‘ldirilgan. 7-mart kuni Isroilning 12-kanali manbalarga tayanib, kichik Xomanaiyning yaralangani haqida xabar berdi. Keyinroq «The New York Times» Mo‘jtabo Xomanaiy oyoqlaridan jarohat olgani haqida yozdi. Oradan yana bir necha kun o‘tib, Eron TIV hamda Eronning Toshkentdagi elchisi Mo‘jtabo Xomanaiy yaralanganini, ammo «o‘zini yaxshi his qilayotganini» tasdiqladi. Yangi oliy rahnamo etib saylanganidan beri Mo‘jtabo Xomanaiy biror marta jamoatchilik oldida ko‘rinish bermagan.

Теглар

Мавзуга оид

Eron oliy rahnamosi hushsiz va biror-bir qaror qabul qilishda ishtirok etishga qodir emas — «The Times» | Vaqt.uz