Eronning javob zarbalari Yaqin Sharq bo‘ylab yog‘ildi (fotoreportaj)

02.03.2026 | 13:252 дақиқа

Eronning javob zarbalari 1-mart kuni kengaydi va Isroil hamda Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari bo‘ylab aks sado berdi, Dubay va Qatar poytaxti Dohada kuchli portlash ovozlari eshitildi.

1

1-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida, to‘xtatib qolingan raketa parchalari tufayli prichallardan biri yong‘inga uchraganidan so‘ng Jabal Ali portining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasviri.

2

1-mart kuni Isroildagi Beyt Shemeshda Eronning halokatli zarbasi sodir bo‘lgan joyning dron orqali olingan tasviri.

3

1-mart kuni Erondan uchirilgan raketalarga qarshi Isroilning havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlayotgan paytda, Ashkelon shahridan ko‘ringan snaryad parchasi.

4

1-mart kuni Bahraynning Juffair hududida AQSH Dengiz kuchlari bazasiga Eron zarbasidan so‘ng tutun ko‘tarilmoqda.

5

1-mart kuni Bahraynning Manamasida Eron zarbalaridan so‘ng AQSH Beshinchi floti dengiz bazasidagi vayronagarchilikni ko‘rsatuvchi sun’iy yo‘ldosh tasviri.

6

1-mart kuni Tel Avivdagi (Isroil) turarjoy binosiga Eron raketasi zarbasi berilgan joyning dron orqali olingan tasviri.

7

1-mart kuni Manamadagi Eron dron hujumi natijasida zarar ko‘rgan bino.

8

1-mart kuni Isroil, Tel Aviv

9

1-mart kuni Isroilning Haifa shahrida bolalar Eron raketalaridan panoh topish maqsadida oilasi ko‘chib o‘tgan yerosti avtomoykasida o‘ynab vaqt o‘tkazmoqda.

10

Eronning Isroilga raketa zarbalari uchirganidan so‘ng Havo himoya tizimining perexvatorlar (interseptorlar)i markaziy Isroil osmoniga ko‘tarilgani ko‘rindi.

11

28-fevral kuni Manamada Eron dron hujumi natijasida yonib turgan binodan tutun ko‘tarilmoqda.

12

1-mart kuni Beit Shemeshda Eron zarbasi sodir bo‘lgan joyda Isroil xodimlari ishlar olib bormoqda.

13

28-fevral kuni Tel Avivda Eron tomonidan uchirilgan raketalar oqibatida chiqqan portlash ko‘riniga o‘xshash holat.

14

1-mart kuni Dubaydagi sanoat hududida tutun bilan qoplangan holatni ko‘rsatuvchi sun’iy yo‘ldosh tasviri.

15

Doha, Qatar, 28-fevral.

16

28-fevral kuni Erondan Isroilga raketa zarbalari uchirilganidan so‘ng, Haifada dengizda bir portlash yuz bergani qayd etildi.

17

28-fevral kuni Manamada Eron tomonidan uchirilgan raketa zarbalari haqida xabar berilgandan so‘ng osmonga tutun ko‘tarilmoqda.

18_11zon

1-mart kuni Beyt Shemeshda Eron zarbasi sodir bo‘lgan joyda bir erkak o‘tiribdi.

19

28-fevral kuni Eron tomonidan uchirilgan raketa xavo himoya tizimlari tomonidan to‘xtatilganining Quddusdan ko‘rinishi.

20

Bir guruh odamlar uy terrasalari va balkonlaridan voqealarni kuzatib turibdi. Doha, 28-fevral.

21

Isroilga Eronning raketalarini uchirganidan so‘ng, 1-mart kuni Tel Avivda bir raketa ta’siri qolagan joyni tekshirayotgan Isroilning favqulodda holat xizmatlari xodimlari ko‘rinishi. Ular zarba oqibatida paydo bo‘lgan kraterni va atrofdagi zararni tahlil qilmoqda.

22

28-fevral kuni Ashkelonda Isroil havo hujumidan mudofaa tizimi raketa urib tushirganidan so‘ng osmondan snaryad parchasi tushayotganini ko‘rish mumkin.

23

28-fevral kuni Eron tomonidan Isroilga raketa uloqtirilishi ortidan Ashkelonda bir guruh odamlar panoh izlayotganini ko‘rish mumkin.

24

28-fevral kuni Manamada portlashlar sadosi eshitilgandan so‘ng osmonga tutun ko‘tarilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид