Go‘sht, haydovchilik kurslari va propan: Fevralda nimalar qimmatladi?

Кеча 21:152 дақиқа

Markaziy bank fevral oyi bo‘yicha inflatsiya kuzatuvlarini e’lon qildi.

Go‘sht, haydovchilik kurslari va propan: Fevralda nimalar qimmatladi? © Foto: Vaqt.uz

2026-yil fevral oyi yakuniga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari orasida narxlar sezilarli darajada farq qildi. Iste’mol narxlari indeksi savatidagi umumiy 167 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan 150 tasining (90 foiz) yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘lgan.

2026-yil fevral oyida oziq-ovqat narxlari yillik o‘zgarishi

Arzonlashgan mahsulotlar:

• Qovoq -57,1 foiz

• Baqlajon -31,0 foiz

• Tarvuz -26,3 foiz

• Sarimsoq -22,9 foiz

• Shaftoli -22,8 foiz

Qimmatlashgan mahsulotlari:

• Limon +90,0 foiz

• Qo‘y go‘shti +27,4 foiz

• Suyaksiz mol go‘shti +24,0 foiz

• Mol go‘shti +22,4 foiz

• Qiyma +17,5 foiz

1

Nooziq-ovqat mahsulotlari

Nooziq-ovqat mahsulotlari segmentida ham turli yo‘nalishdagi o‘zgarishlar kuzatildi. Eng yuqori o‘sish nikoh uzuglari va metan gazi narxlarida qayd etildi. Iste’mol narxlari indeksi savatidagi umumiy 252 turdagi nooziq-ovqat mahsulotlaridan 233 tasining (92 foiz) yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘ldi.

2026-yil fevral oyida nooziq-ovqat narxlari yillik o‘zgarishi

Arzonlashgan mahsulotlar:

• Yirik oshxona priborlari -1,7 foiz

• Kichik maishiy priborlar -1,5 foiz

• Ichimlik tayyorlash uchun kichik priborlar -0,9 foiz

• Kastryul -0,8 foiz

• Shprits -0,7 foiz

Qimmatlashgan mahsulotlari:

• Nikoh uzugi +32,1 foiz

• Metan +30,3 foiz

• Gazeta +17,5 foiz

• Jurnal +15,3 foiz

• Propan +9,7 foiz

2

Xizmatlar sohasi

Xizmatlar sohasida eng katta o‘sish transport va kommunal xizmatlarda kuzatildi. Iste’mol narxlari indeksi savatidagi umumiy 98 turdagi xizmatlardan 69 tasining (70foiz) yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘ldi.

Arzonlashgan va kam o‘sgan xizmatlar:

• Pul o‘tkazmalari -5,6 foiz

• Ichki yo‘lovchi havo transporti -3,5 foiz

• Nodavlat OTMda o‘qish -0,5 foiz

• Mikromoliyaviy xizmatlar -0,02 foiz

• Metroda yo‘l haqi 0 foiz

Qimmatlashgan xizmatlar:

• Shaxsiy transport vositalarini sug‘urtalash+281,8 foiz

• Trolleybusda yo‘l haqi +100,0 foiz

• Tarmoq gaz +39,2 foiz

• Haydovchilik kurslari +38,5 foiz

• Sovuq suv +35,1 foiz

3

Теглар

Мавзуга оид