Hammasi nimadan boshlangandi? Eron va AQSH munosabatlarining 1953 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan tarixi

Amerika prezidentining Tehronga tashrifidan tortib «Amerikaga o‘lim!» shiori va mamlakat yetakchisining o‘ldirilishigacha — Eron va AQSH munosabatlari hamkorlikdan ochiq urushgacha yetib keldi, yadroviy dastur esa asosiy mojaro nuqtasiga aylandi. Hammasi qanday rivojlangan:

Hammasi nimadan boshlangandi? Eron va AQSH munosabatlarining 1953 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan tarixi

28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronda urush boshladi. Bungacha Vashington va Tehron vakillari Eron yadro dasturiga bag‘ishlangan muzokaralar o‘tkazgan edi: AQSH Eronning yadro quroli ishlab chiqishdan voz kechishini talab qilib kelgan. Hozirda, oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘ldirilishidan so‘ng, Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijani Tehron Vashington bilan muzokaralar olib borish niyatida emasligini ma’lum qildi. Eron va AQSH munosabatlari hamkorlikdan tortib katta urushgacha qanday rivojlangani haqida «Meduza» hikoyasini o‘zbek tilida taqdim qilamiz.

1953 yil

Britaniya va Amerika maxsus xizmatlari Eronda davlat to‘ntarishini amalga oshirib («Ayaks» operatsiyasi), Bosh vazir Muhammad Mosaddiqni hokimiyatdan ag‘dardi. Bundan ikki yil oldin u mamlakatdagi neft qazib olishni milliylashtirgan edi (u Britaniyaliklar qo‘lida bo‘lgan). Hokimiyat tepasiga ushbu sulolaning ikkinchi va hozircha oxirgi shohi Muhammad Rizo Pahlaviy qaytdi hamda Eron neftini Britaniya-Amerika konsorsiumi — «British Petroleum» kompaniyasiga qaytarib berdi. Bu Eron aholisi o‘rtasida Amerikaga qarshi kayfiyatning keskin kuchayishiga sabab bo‘ldi.

1

Эронликлaр «Ayaks» operatsiyasidan so‘ng Tehron ko‘chalarini nazorat qilayotgan Eron armiyasi tankida shoh Muhammad Rizo Pahlaviy portireti bilan. 1953 yil. «Bettmann» / «Getty Images»

1957 yil

AQSH Pahlaviy boshqaruvidagi Eron bilan mamlakatda tinchlik maqsadlari uchun atom energetikasini rivojlantirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Ushbu kelishuv Amerika prezidenti Duayt Eyzenxauerning «Atom dlya mira» tashabbusining bir qismiga aylandi. Oradan o‘n yil o‘tib, amerikaliklar Eronga kichik quvvatli yadroreaktorini hamda uni ishlatish uchun boyitilgan uran zaxirasini topshirdi.

1968 yil

AQSH va Eron — BMTda birinchilardan bo‘lib — 1970 yilda kuchga kirgan Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Ushbu hujjat xalqaro xavfsizlik tuzilmasining asosi bo‘lib xizmat qildi va butun dunyoda atom energetikasi rivojlanishiga turtki berdi.

1972 yil

Prezident Richard Nikson Tehronga tashrifi chog‘ida shoh Muhammad Rizo Pahlaviyga, Yaqin Sharqda Amerika manfaatlarini himoya qilishda yordam berish evaziga AQSH Eronga eng zamonaviy qurol namunalarini sotishini va’da qildi. 1970 yillarning oxiriga kelib, shoh qurol-yarog‘ sotib olishga, jumladan «F-14» reaktiv qiruvchi-tutuvchi samolyotlariga 16 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarfladi.

2

AQSH Prezidenti Richard Nikson Tehronda. 1972 yil.

1979 yil

Fevral oyida Eronda bir yil oldin boshlangan Islom inqilobi g‘alaba qozondi. Shoh mamlakatdan qochib ketdi, deyarli 15 yillik surgundan so‘ng oyatulloh Ruhulloh Xumayniy Eronga qaytib keldi va tez orada oliy hukmdorga aylandi. Eron g‘arbparast monarxiyadan aksilg‘arb teokratiyasiga aylandi. Hokimiyat tepasiga kelgan ilk kunlaridanoq Xumayniy «Amerikaga o‘lim!» va «Isroilga o‘lim!» shiorlarini e’lon qildi.

3

Tehron universiteti kampusi yaqinida shoh Muhammad Rizo Pahlaviyga qarshi keng ko‘lamli namoyish. 1979 yil 13-yanvar. «Bettmann» / «Getty Images»

Noyabr oyida islomchi faollar AQSHning Tehrondagi elchixonasiga hujum qilib, uni egallab oldi. 52 nafar amerikalik diplomat inqilobchilar qo‘lida garovda qoldi. Ularning hayoti evaziga islomchilar AQSHdan boshpana topgan shohni adolatli sud qilish uchun topshirishni talab qildi.

1980 yil

AQSH Tehronda garovda ushlab turilganlarni qutqarish bo‘yicha «Orliniy kogot» operatsiyasini o‘tkazishga urindi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Texnika, razvedka va ob-havo sharoiti amerikaliklarni pand berdi. Maxsus kuchlar bo‘lgan sakkizta vertolyotdan biri nosozlik tufayli Eronga yetmasdan qulab tushdi, sakkiz kishi halok bo‘ldi. Yana bir vertolyot chang bo‘roni sababli yo‘ldan adashib, qo‘nish nuqtasini topa olmadi.

Qolgan oltita vertolyot qo‘ngan joyni Eron hukumati darhol aniqladi, chunki uning yonidan gavjum shosse o‘tgan edi — bu Amerika harbiylari uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Havoda yoqilg‘i quyish paytida yana bir vertolyot yoqilg‘i tashuvchi samolyot bilan to‘qnashib ketdi, har ikki mashina vayron bo‘ldi, yana sakkiz kishi halok bo‘ldi. Shundan so‘ng operatsiya to‘xtatildi.

4

«Orliniy kogot» operatsiyasidan so‘ng AQSHning yonib ketgan vertolyotlari. 1980 yil. «Bahram Mohammadifard» / «Wikimedia Commons»

Prezident Jimmi Karter islomchilarning talabini bajarishdan va ularga shohni topshirishdan bosh tortdi, AQSH va Eron o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni uzdi (ular shu kungacha tiklanmagan) va Eron nefti savdosiga embargo qo‘ydi.

O‘sha yili Eronga qo‘shni Iroq hujum qildi — ular o‘rtasidagi shiddatli urush sakkiz yil davom etdi. Oqibatda Eron deyarli to‘liq yakkalanib qoldi — Iroqdan farqli o‘laroq, uni na AQSH, na «SSSR», na arab davlatlari qo‘llab-quvvatladi.

1981 yil

Yanvar oyida, Jazoir hukumati vositachiligida tuzilgan «Jazoir kelishuvlari» deb ataluvchi hujjat doirasida, amerikalik garovga olinganlar Eronning Amerika banklaridagi moliyaviy aktivlarini muzlatishdan chiqarish va AQSHning Eron ichki ishlariga aralashmaslik va’dasi evaziga ozod qilindi. Kelishuvni AQSHning yangi prezidenti Ronald Reygan lavozimga kirishishi bilan imzoladi. Garovga olinganlar Eron asirligida 444 kun qolishdi.

1984 yil

AQSH Eronni terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatiga kiritdi va unga nisbatan sanksiyalar, jumladan Tehronga qurol sotishni taqiqlash choralarini qo‘lladi. Bunday qaror eng yangi tarixdagi yirik terrorchilik amaliyotlaridan biri — Bayrutda joylashgan Amerika va Фрaнция tinchlikparvar kuchlari kazarmalarining portlatilishidan so‘ng qabul qilindi. Portlashlar qurbonlari 241 nafar Amerika va 58 nafar Фрaнция harbiy xizmatchilari bo‘ldi. Bu hujumlar ortida kim turgani shu kungacha noma’lum, biroq AQSH hukumati mas’uliyatni Eron bilan aloqador bo‘lgan shia harakati a’zolari zimmasiga yukladi.

5

Bayrut kazarmalaridagi portlashlardan so‘ng omon qolganlarni qidirish ishlari. 1983 yil. «Peter Jordan» / «Popperfoto» / «Getty Images»

1986 yil

Reygan aдмиniстрaцияси, qurol-yarog‘ embargosiga qaramay, Tehronga yashirincha qurol sotishda davom etdi. Shu yo‘l bilan prezident Livanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi «Hizballoh» shia guruhi jangarilari tomonidan garovga olingan amerikaliklarni ozod qilishga erishmoqchi bo‘ldi. Bu ma’lumot fosh bo‘lgach, «Irankontras» mojarosi kelib chiqdi. «Hizballoh»dan olingan pullarni Oq uy Nikaraguadagi antikommunistik isyonchilarkontraslarga o‘tkazib bergan. Bu esa ushbu mamlakatdagi noqonuniy guruhlarni moliyalashtirishni taqiqlagan kongress qaroriga zid edi.

1988 yil

Amerikaning «Vinsennes» raketa kreyseri Hurmuz bo‘g‘ozi ustida mamlakat janubidagi Bandar-Abbosdan Dubayga uchib ketayotgan Eron avialiniyalarining fuqarolik laynerini urib tushirdi. Barcha 274 nafar yo‘lovchi va 16 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. AQSH buni «fojiali va afsuslanarli hodisa» deb atadi: kreyser qo‘mondonligi yo‘lovchi laynerini Eron «HHQ» qiruvchi samolyoti deb o‘ylagan. Eron hukumati esa amerikaliklar fuqarolik samolyotiga ataylab hujum qilgan deb ta’kidladi.

6

Amerika raketa kreyseri tomonidan urib tushirilgan Eron avialiniyalari yo‘lovchi samolyoti xotirasiga chiqarilgan Eron pochta markasi. 1988 yil. «Wikimedia Commons»

1995 — 1996 yillar

1995 yilda AQSH prezidenti Bill Klinton Eronga nisbatan kengaytirilgan sanksiyalar joriy etdi, bu sanksiyalar neft embargosi, shuningdek, Amerika kompaniyalari uchun Eron bilan savdo qilish va ushbu mamlakatga investitsiya kiritishni taqiqlashni o‘z ichiga oldi. 1996 yilda Klinton Eron va Liviyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, bu qonun Eron neft-gaz sanoatiga sarmoya kirituvchi uchinchi mamlakatlarga cheklovlar qo‘ydi.

2002 yil

Amerika prezidenti Jorj Bush — kichik kongressga qilgan murojaatida Eronni Shimoliy Koreya va Iroq bilan bir qatorda «yovuzlik o‘qi»ga kiritdi hamda oyatullohlar rejimini ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish istagida, terrorizmni eksport qilish va o‘z xalqini zulm ostida ushlashda aybladi. Eronning o‘zida bu ayblovlar, ayniqsa, 2001 yil 11-sentabr terrorchilik amaliyotlaridan so‘ng eronliklar toliblar bilan kurashda AQSHga ko‘rsatgan yordamini hisobga olganda, juda katta norozilik bilan kutib olindi.

Avgust oyida muhojiratda faoliyat yurituvchi Eron dissidentlari guruhi — Milliy ozodlik kengashi mamlakat hududida Xalqaro atom energiyasi agentligiga («MAGATE») ma’lum bo‘lmagan ikkita yadroviy obyekt borligi haqida xabar berdi. Gap Natanzdagi uranni boyitish majmuasi va Arakdagi og‘ir suvda ishlovchi reaktor haqida bormoqda edi.

7

Natanzdagi uranni boyitish majmuasi aks etgan yo‘ldosh tasviri. 2007 yil 28 fevral. «Photo DigitalGlobe» / «Getty Images»

2003 yil

Eron rahbariyati «MAGATE»ni uranni boyitishni to‘xtatishi va agentlik inspektorlari tomonidan o‘z yadroviy obyektlarini yanada qattiqroq tekshirishga rozilik berishi haqida xabardor qildi.

2007 yil

Amerika razvedka hamjamiyati 2003 yilda Eron haqiqatan ham yadro qurolini ishlab chiqish bo‘yicha o‘z dasturi — «Amad» loyihasini to‘xtatganini tasdiqladi.

2009 yil

AQSH, Фрaнция va Buyuk Britaniya Eronda tog‘ bag‘riga yashirilgan Fordodagi maxfiy uranni boyitish majmuasi mavjudligini ochiqchasiga e’lon qildi. Amerika prezidenti Barak Obamaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu majmuaning o‘lchamlari va tuzilishi tinchlik maqsadidagi atom dasturini rivojlantirishga mos kelmaydi, Фрaнция prezidenti Nikolya Sarkozi esa buni BMT Xavfsizlik Kengashi va «MAGATE» резолюциялaриning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishi deb atadi.

8

Fordodagi uranni boyitish zavodi aks etgan yo‘ldosh tasviri. 2013 yil 21 dekabr. «ISIS» / «Getty Images»

2013 yil

Barak Obama Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu AQSH rahbarining Eron rahbariyati vakili bilan oxirgi 30 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqishi edi. Noyabr oyida Eron, Germaniya va BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari — AQSH, Buyuk Britaniya, Фрaнция, Rossiya va Xitoy — Eron bilan yanada keng ko‘lamli yadroviy kelishuv tuzishga qaratilgan dastlabki hujjat bo‘lgan Birgalikdagi harakatlar rejasini imzoladilar.

2015 yil

2013 yildagi kelishuvning davomi sifatida Eron va oltita davlat (5 + 1 formulasi bo‘yicha — Germaniya va BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari) yadroviy kelishuvni imzoladilar. Uning shartlariga ko‘ra, Eronga nisbatan sanksiyalarning bir qismi bekor qilindi, evaziga u keyingi 15 yil davomida uranni atom stansiyalari uchun yoqilg‘i olishga kerak bo‘lgan 3,7 foiz darajasidan yuqori boyitmaslik majburiyatini oldi. Bundan tashqari, Eron o‘zining boyitilgan uran zaxiralarini 300 kilogrammgacha, ya’ni avval to‘plangan hajmning 3 foizиgaчa kamaytirishga rozi bo‘ldi.

9

Fransiya, Germaniya, Yevropa Ittifoqi, Eron, Buyuk Britaniya va AQSH tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Xitoy va Rossiya diplomatlari Eronning keng qamrovli yadro dasturi bo‘yicha hadli kelishuv e’lon qilinishi vaqtida. Lozanna, 2-aprel 2015 yil. «United States Department of State»

2018 yil

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron bilan tuzilgan yadroviy kelishuvni «dunyodagi eng yomon kelishuv» deb atab, undan bir tomonlama chiqib ketdi. U Eronga nisbatan avvalgi sanksiyalarni qayta joriy etdi, shuningdek, Tehronni neft eksportidan butunlay voz kechishga majbur qilish uchun unga «maksimal bosim» o‘tkazishga va’da berdi. Kelishuvning qolgan ishtirokchilari shartnomadan chiqmadi va Eronga qarshi o‘zlari bekor qilgan sanksiyalarni qayta tiklamadi. «MAGATE» bayonotlariga ko‘ra, Tramp kelishuvdan chiqquniga qadar Eron o‘z majburiyatlariga amal qilgan, biroq shundan so‘ng keskin ravishda yuqori darajada boyitilgan uran ishlab chiqarishga o‘tgan va 60 foizlik darajaga yetgan. Mutaxassislarning fikricha, bu texnik jihatdan yadro qurolini ishlab chiqarish uchun mos keladi.

2019 yil

AQSH Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini («IIQK») terrorchilik tashkiloti deb tan oldi. Bu Vashington tomonidan xorijiy davlatning rasmiy tuzilmasi terrorchilar qatoriga kiritilgan birinchi holat edi.

2020 yil

Amerikaliklar dron zarbasi bilan Eronning eng yuqori martabali harbiylaridan biri, «IIQK»ning Yaqin Sharqdagi Tehron ittifoqchilariga («HAMAS» va «Hizballoh»ga) yordam ko‘rsatuvchi elita bo‘linmasi — «Quds» qo‘mondoni, general Qosim Sulaymoniyni yo‘q qildi. Tramp Sulaymoniyning «millionlab odamlarning o‘limiga bevosita yoki bilvosita aloqador» ekanini aytdi. Eron ushbu qotillikka javoban AQSHning Iroqda joylashgan harbiy bazalariga raketa zarbalari berdi, biroq ularga jiddiy zarar yetkazmadi.

10

Amerika zarbasi natijasida halok bo‘lgan Qosim Sulaymoniy uchun motam tutayotganlar. Tehron, 2019 yil 6-yanvar. «Atta Kenare» / «AFP» / «Scanpix» / «LETA»

2021 yil

AQSH prezidenti Jo Bayden administratsiyasi Eron bilan yadroviy kelishuvni tiklash uchun bir qator bilvosita muzokaralar o‘tkazdi. Bu urinishlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.

2023 yil

AQSH va Eron Umon hamda Qatar vositachiligida Tehron tomonidan ushlab turilgan besh nafar Amerika fuqarosini qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Bayden administratsiyasi sanksiyalarni chetlab o‘tib, Eronning Janubiy Koreya bank hisob raqamlaridagi muzlatilgan olti milliard dollar mablag‘ini Qatarga o‘tkazish haqida ko‘rsatma berdi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, bu mablag‘lar faqat gumanitar maqsadlarga sarflanishi mumkin edi. AQSHdagi respublikachilar ushbu kelishuvni garovdagilar uchun to‘langan tovon puli deb atab, keskin tanqid qildilar.

2025 yil

To‘rt yillik tanaffusdan so‘ng ikkinchi muddatga saylangan prezident Donald Tramp mart oyida Eron oliy hukmdori oyatulloh Ali Xomanaiyga ikki oy ichida yangi yadroviy kelishuv tuzish talabi bilan «keskin» xat yubordi. Shu bilan birga, Tramp AQSHning Eronga qarshi sanksiyalarini yanada kuchaytirdi. Tehron kelishuvga rozi bo‘lmadi.

Iyun oyida Isroil «HHQ» Eronga qarshi 12 kunlik urush — uning yadro va raketa dasturlariga zarar yetkazish uchun bir qator havo zarbalarini boshladi. Qarshilikning so‘nggi bosqichida, Isroil Eron havo hujumidan mudofaa tizimi yo‘q qilinganini ma’lum qilgach, Isroilga AQSH qo‘shildi. Yettita «B-2» strategik bombardimonchi samolyoti Eronning uchta yadroviy obyekti — Fordodagi uranni boyitish zavodi, Isfahon yadroviy tadqiqot markazi va Natanzdagi uranni boyitish majmuasiga kuchli bunkerga qarshi o‘q-dorilarni tashladi.

Bundan tashqari, AQSH Eronga «Tomagavk» qanotli raketalari bilan zarbalar berdi. Bunga javoban Eron AQSHning Qatardagi harbiy bazasini raketalardan o‘qqa tutdi, biroq bu haqda avvalroq Qatar hukumati orqali AQSHni ogohlantirdi, shu boqis bu safar ham Amerika tomonidan jiddiy talofatlar bo‘lmadi.

Ushbu operatsiya yakunida Tramp Eron yadro dasturi to‘liq yo‘q qilinganini e’lon qildi va Isroilni harbiy harakatlarni to‘xtatishga majbur etdi, shu tariqa urushga chek qo‘yildi.

11

Isfahondagi yadro texnologiyalari markazining AQSH havo zarbalaridan keyingi yo‘ldosh tasviri. 2025 yil 22-iyun. «Maxar Technologies» / «EPA» / «Scanpix» / «LETA»

2026 yil

Yanvar oyida Tramp Eronda yuzaga kelgan keskin siyosiy inqirozga ochiqchasiga aralashdi. 2025 yilning so‘nggi kunlarida Eron riali inflyatsiyasining o‘sishi minglab eronliklarni ko‘chalarga olib chiqditez orada norozilik namoyishlari yaqqol siyosiy tus oldi: namoyishchilar «Xomanaiyga o‘limva «Rejim yo‘qolsindeya hayqirishdi, shuningdek, hokimiyatni marhum shohning xorijda yashovchi o‘g‘li Rizo Pahlaviyga topshirishni talab qilishdi.

Tramp eronliklarni «namoyishlarni davom ettirishga» chaqirdi va «yordam yo‘lda» ekanini ma’lum qildi. U, shuningdek, agar Tehron namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishni boshlasa, AQSH aralashishi bilan Eron rahbariyatiga tahdid qildi. Shunga qaramay, hukumat norozilik chiqishlarini shafqatsizlarcha bostirishga kirishdi: mamlakatda internet o‘chirildi, ko‘chalarga «IIQK»ning qurollangan bo‘linmalari olib chiqildi va namoyishchilarga qarata o‘t ochildi. Qurbonlarning aniq soni shu kungacha noma’lum. «Human Rights Activist» yangiliklar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6000 dan ortiq kishi o‘ldirilgan va 50 mingdan ziyod kishi yaralangan; boshqa taxminlarga ko‘ra, o‘ldirilganlar soni bir necha o‘n mingga yetishi mumkin. Bundan tashqari, ko‘plab namoyishchilar hibsga olindiularni o‘lim jazosiga hukm qilish boshlangani haqida ma’lumotlar kelib tushdi.

12

Tehrondagi norozilik namoyishi. 2026 yil 8-yanvar. «Getty Images»

Tramp Eron atrofida harbiy kuchlarni to‘play boshladi: Yaqin Sharqqa ko‘plab jangovar samolyotlar va kemalarni, jumladan, ikkita aviatashuvchi guruhni olib keldi. AQSH Prezidenti, agar Eron rahbariyati o‘zgacha fikrlovchilarni ta’qib qilishni to‘xtatmasa, harbiy aralashuv bilan ochiqchasiga tahdid qildi, biroq ko‘p o‘tmay yangi yadroviy kelishuv haqidagi suhbatga qaytdi (garchi avvalroq 12 kunlik urush davomida Eron yadro dasturi to‘liq yo‘q qilinganligini ta’kidlagan bo‘lsa-da).

Fevral oyida AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar qayta boshlandi, biroq tomonlar o‘ta keskin talablarni ilgari surishdi. Nihoyat, oyning so‘nggi kunida AQSH va Isroil Eronga qarshi yangi harbiy operatsiya boshladi. Bu gal Tramp operatsiyadan maqsad — Eron rejimi tomonidan kelayotgan tahdidni bartaraf etish ekanini e’lon qildi.

13

Tehron aholisi portlashlar oqibatlarini kuzatmoqda. 2026 yil 28-fevral. «AP» / «Scanpix» / «LETA»

 

Теглар

Мавзуга оид