Hudud rahbarlari Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabul o‘tkazadi
Prezident topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyat rahbarlari endilikda Xalq qabulxonalarida fuqarolar uchun muntazam shaxsiy qabullar o‘tkazadi.
© sun'iy intelektPrezident Xalq qabulxonasi davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, Toshkent shahri, viloyatlar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman-shahar hokimlari va o‘rinbosarlari tizimli ravishda hududiy Xalq qabulxonalarida shaxsiy qabullar o‘tkazishini hamda uning vaqtlarini e’lon qildi.
Shaxsiy qabullar vaqtlari:
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi - har oyning birinchi va uchinchi shanba kunlari soat 10:00 – 12:00;
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi - har oyning ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00 – 12:00;
— Toshkent shahar hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi payshanba kunlari soat 15:00 – 17:00;
— Andijon viloyati hokimi - har shanba kuni soat 10:00 – 16:00;
— Buxoro viloyati hokimi - har oyning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00-12:00;
— Jizzax viloyati hokimi - har shanba kuni soat 9:00-17:00;
— Qashqadaryo viloyati hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi shanba kunlari soat 11:00 – 14:00;
— Navoiy viloyati hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi seshanba kunlari soat 10:00 – 12:00;
— Namangan viloyati hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00 – 12:00;
— Samarqand viloyati hokimi - har juma kuni soat 10:00 – 12:00;
— Sirdaryo viloyati hokimi - har dushanba kuni soat 9:00 – 11:00;
— Surxondaryo viloyati hokimi - har oyning birinchi, uchinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 14:00 – 17:00;
— Toshkent viloyati hokimi - har juma kuni soat 14:00 – 15:00;
— Farg‘ona viloyati hokimi - har oyning birinchi, uchinchi, to‘rtinchi payshanba kunlari soat 11:00 – 13:00;
— Xorazm viloyati hokimi - har oyning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi juma kunlari soat 10:00 – 12:00.
Murojaatlar bilan ishlash
Mazkur amaliyot aholi muammolarini joylarda tezkor hal etish, davlat organlari rahbarlarining javobgarligini oshirish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan.
Fuqarolar belgilangan jadval asosida hududiy Xalq qabulxonalariga murojaat qilib, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarlar qabuliga yozilishi mumkin.
Bundan tashqari, hududlar rahbarlari o‘rinbosarlarining qabul vaqtlari ham e’lon qilingan ular bilan havola tanishish mumkin.
Qabullar kechiktirilsa...
Ma’lum qilinishicha, obyektiv sabablarga ko‘ra belgilangan kunda qabul o‘tkazish imkoni bo‘lmasa, qabul boshqa sanada navbatdan tashqari tashkil etiladi.
Bunday holatlarda yangi qabul sanasi va vaqti oldindan e’lon qilinib, fuqarolar belgilangan tartibda xabardor qilinadi. Bu esa murojaatchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.





