Inflatsiya oshib boraversa, ijobiy o‘zgarish sezilmaydi – prezident

Shavkat Mirziyoyev joriy yilda inflatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qolish uchun mahalliy mahsulotlar taklifini ko‘paytirib, narxini arzonlashtirish shartligini aytdi.

Inflatsiya oshib boraversa, ijobiy o‘zgarish sezilmaydi – prezident © Президент матбуот хизмати

O‘zbekistonda inflatsiya importi ichki narx-navoga 1 foizgacha qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda bugun, 24-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan birinchi chorak ko‘rsatkichlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilish va yilning qolgan davrida qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

«Qancha harakat qilib, iqtisodiyotni o‘stirmaylik, agar inflatsiya ham oshib boraversa, aholi va tadbirkorlar hayotida ijobiy o‘zgarish sezilmaydi. Chunki tovar, ish va xizmatlar narxining oshishi ko‘paygan daromadni qadrsizlantiradi», – dedi prezident.

Neft narxi oshishining ta’siri

Yil boshidan dunyoda neft narxi 40 foizga oshdi. Ro‘y berayotgan ziddiyatlar oqibatida qulay logistika koridorlarini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mahalliy mahsulotlarning eksportida ham, asosiy iste’mol tovarlarining importida ham tashish xarajatlarini 25-30 foizga oshirmoqda.

Inflatsiya importi ichki narx-navoga 1 foizgacha qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirmoqda.

Mutasaddilar va hokimlarga topshiriq

Shunday bo‘lsa-da, tashqi bosimni bahona qilib, inflatsiya bo‘yicha ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

«Barcha rahbarlar katta harflar bilan yozib olsin: inflatsiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi o‘zimizniki», – dedi davlat rahbari.

Mutasaddilar va hokimlarga joriy yilda inflatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qolish uchun mahalliy mahsulotlar taklifini ko‘paytirib, narxini arzonlashtirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Теглар

Мавзуга оид

Inflatsiya oshib boraversa, ijobiy o‘zgarish sezilmaydi – prezident | Vaqt.uz