Logo

Ipotekaga olingan uyga boshqa kishilarni ro‘yxatga qo‘yishda bank ruxsati bekor qilinadi

Бугун 10:552 дақиқа

Endi taqiq qo‘yilgan turarjoyga garovga oluvchining roziligini olmasdan ham boshqa shaxslarni doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tayotgan shaxs istalgan paytda propiskadan chiqarilishiga oldindan yozma rozilik berishi shart.

Ipotekaga olingan uyga boshqa kishilarni ro‘yxatga qo‘yishda bank ruxsati bekor qilinadi © vaqt.uz

O‘zbekistonda ipotekaga sotib olingan uyga boshqa shaxslarni bankning roziligisiz ro‘yxatga qo‘yishga ruxsat beriladi. Bu bo‘yicha qarorni 15-iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Unga ko‘ra, taqiq yoki xatlov quyilgan turarjoyga garovga oluvchining roziligisiz yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beriladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan shaxs mulkdorning (garovga oluvchining, taqiqni kuyishga yoki yechisha mas’ul organning) ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani bekor qilinishiga avvaldan rozilik berishi zarur.

Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvardan boshlab kuchmas mulkka bo‘lgan xuquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish paytida xuquq egasi o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat etmagani aniklanganda ma’muriy javobgarlik chorasi ko‘llamasdan kechiktirish muddatidan kelib chiqib ro‘yxatdan o‘tkazish uchun oshirilgan stavkalarda to‘lov undirish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu sanadan e’tiboran soliq to‘lovchiga xususiy mulk xuquqi asosida tegishli bo‘lgan turarjoy meros tartibida yoki yaqin qarindoshidan hadya sifatida olingan bo‘lsa, ushbu turar joyni sotishdan olingan daromadga soliq solinmasligi uchun belgilangan muddatni vasiyat qiluvchi yoki hadya qiluvchining mazkur turarjoyga bo‘lgan mulk xuquqi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining ushbu qaroriga asosan O‘zbekistonda fuqarolik pasporti yoki ID-kartani yo‘qotib qo‘yganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinib, faqat qo‘shimcha davlat boji undirish tizimi joriy etiladi.

Теглар

Мавзуга оид